11
11
Mahalliy MTAdan tashqari kuchaytirgichda
umumiy teskari aloqa
qo‘llanilgan. U kuchaytirgich bosqich chiqishini VT1 tranzistor emitteri bilan
bog‘lovchi
R
TA
rezistor zanjirida bajarilgan. Mahalliy (bosqichlar ichidagi) teskari
aloqalarga nisbatan butun kuchaytirigichni
qamrab oladigan teskari aloqa, yanada
yuqori barqarorlikni hamda alohida bosqichlarni kuchaytirish koeffisienti og‘ishiga
sezgirlikni kamayishini ta‘minlaydi. 11 – sxema integral kuchaytirgich yasashda
asos hisoblanadi.
Lekin teskari aloqali asosiy uch bosqichli kuchaytirgichdan tashqari, integral
kuchaytirgich sxemasi kichik chiqish qarshiligini ta‘minlash
uchun va
kuchaytirigichda qo‘shimcha keng polosalik,
chidamlilik, temperaturaviy
barqarorlik va o‘zidan oldingi chiqish bosqichi kuchlanishi o‘zgarmas
tashkil
etuvchisini keyingi bosqich kirish kuchlanishi o‘zgarmas tashkil etuvchisi bilan
muvofiqlashni ta‘minlash uchun chiqish bosqichi sifatida emitter qaytargichga ega
bo‘ladi.
Gap shundaki, turli katta sig‘imlarga ega bo‘lgan kondensatorlarning
mavjud emasligi tufayli barcha bosqichlar o‘zgarmas tok bo‘yicha o‘zaro
bog‘langan.