|
Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
|
bet | 1/5 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 93,07 Kb. | | #99793 |
Bog'liq 2-mustaqil ish Nilufar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
TT FAKULTETI
4 – BOSQICH AX-12-20 GURUH TALABASINING
OCHIQ KODLI OPERATSION TIZIMLAR XAVFSIZLIGI
FANIDAN TAYYORLAGAN
2-MUSTAQIL ISH
Bajardi: Jo’raqulova N
Qabul qildi: Uzoqov O
QARSHI – 2023
Mavzu: Mobil operatsion tizimlar
Reja:
Mobil operatsion tizimlar
Mobil operatsion tizimlar xavfsizligi va uni amalga oshirish mexanizmlari
Android va iOS operatsion tizimlar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarining qiyosiy tahlili
Mobil operatsion tizimlar
Mobil qurilmalarning sifati asosan apparat xarakteristikalariga bog’liq bo’lsa, ulardan foydalanish qulayligi ko’p jihatdan mobil operatsion tizimlarga (OT) bog’liq.
Hozirda mavjud mobil operatsion tizimlar foydalanuvchilarga nafaqat mobil telefonlar uchun odatiy bo’lgan SMS-xabarlarni jo’natish va telefon chaqiruvlarini bajarish kabi harakatlarni, balki ma’lumotlarni saqlash, tahrirlash va almashishi bo’yicha keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Ba’zi mobil operatsion tizimlar ma’lumotlarni shifrlab saqlash, hamda mobil qurilmadagi ma’lumotlarni masofadan boshqarish bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlarga ega.
Mobil operatsion tizimlarni quyidagi alomatlari bo’yicha tasniflash mumkin
- operatsion tizim ochiqligi;
- axborotni himoyalash vositalarining mavjudligi (AHV);
- axborotni kriptografik himoyalash vositalarining mavjudligi (AKHV);
- oxirgi qurilmalar turi.
Quyida mobil qurilmalar uchun keng tarqalgan operatsion tizimlar ko’rilgan.
Symbian OS. Ushbu operatsion tizim Nokia firmasining madadi tufayli eng ommabop hisoblanar edi. Ushbu tizim o’lchamining kichikligi, hamda grafika interfeysining va tizim yadrosining bir-biridan ajratilganligi ham muhim rol o’ynadi. Bu uning turli mobil qurilmalariga osongina o’rnatilishiga imkon berdi. Keyinroq ko’p vazifalik qo’shilgan.
Har bir mutaxassis apparat platforma cheklovlariga bog’liq holda o’zining operatsion tizim versiyasini yaratar edi. Har bir versiya o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, har bir versiya uchun o’zining ilovalarini ishlab chiqish lozim edi. Bu noqulaylik edi. Shu sababli Windows Mobile, Android va iPhone operatsion tizimlari paydo bo’lganidan keyin Symbian operatsion tizim o’zining ommaviyligini yo’qotdi. Hozirda faqat Nokia kompaniyasi ushbu operatsion tizimdan o’zining smartfonlari uchun foydalanadi.
Symbian operatsion tizim afzalliklari:
- xotiraga va prosessorga talablarning pastligi;
- ishlatilmaydigan xotirani bo’shatish funksiyasi;
- barqarorlik;
- ushbu platforma uchun viruslar sonining kamligi;
- tezdan yangi versiya paydo bo’ladi va barqarorlik tiklanadi;
- dasturlarning katta soni.
Symbian operatsion tizim kamchiliklari:
- shaxsiy kompyuter bilan ulanish uchun qo’shimcha dastur o’rnatilishi lozim;
- eski va yangi versiyalar uchun dasturlarning nomuvofiqligi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
|