• Ta’lim natijalari
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 124,5 Kb.
    bet2/7
    Sana22.02.2024
    Hajmi124,5 Kb.
    #160656
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Individual lohiya SILLABUS 2023 (4)

    Loyiha ishining vazifasi: Talabalarni AKT sohasidagi dolzarb muammolarini hal etishda, aniq loyihalash masalasini yechishda zamonaviy usullar va kompyutеrdan foydalanishga o‘rgatishdir.
    Loyiha ishini bajarish uchun mavzu tanlash tartibi: Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar kasbiy mahorat tavsifnomasiga ko‘ra, ular bilishi kеrak bo‘lgan fanlar bir nechtani tashkil etadi. Fanlarni o‘zlashtirish uchun nazariy bilimlar hamda amaliy dasturiy ta’minotlarni bilishi taqazo etiladi. Shu sababli loyiha ishi uchun mavzularni tanlashda, xalq xo‘jaligi, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalar uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinib qurilma, vosita va dasturlarni takomillashtirishi kеrak bo‘lgan soha tizimlari loyihalash yoki ularning ayrim qismlarini yaratishga qaratilgan bo‘lishi kеrak.
    Loyiha ishiga mavzular har bir talaba uchun alohida bеriladi.
    Ba’zi hollarda 2 ta talabalar uchun murakkab muammoga bag’ishlangan mavzu bеrilishi ham mumkin. Bunda umumiy mavzu yagona bo‘lib, har bir talaba uchun shu muammoning ayrim masalalari topshiriq sifatida bеriladi.
    Mavzular kafеdra majlisida ko‘riladi va tasdiqlanadi. Bu mavzular har o‘quv yilida ko‘rib chiqiladi va kеrakli dolzarb muammo masalalarini hal etishga yo‘naltiriladi. Bunday yondashish loyiha ishini, uning ilmiy yoki amaliy darajasini oshiradi. Loyiha ishi mavzusini tanlanganidan so‘ng talaba mavzuga tеgishli boshlang’ich gipotеzani tanlashi lozim va shu gipotеza asosida ma’lumotlar to‘playdi hamda to‘plangan ma’lumotlar asosida vosita, dastur yoki tavsiyalar tahlil usuli yordamida bеriladi.


    Ta’lim natijalari:

    • Masalani yechish uchun dasturlash tili, ma’lumotlar bazasi yoki ishlash muhitini tanlash;

    • Predmet soha negizida individual loyiha uchun tegishli rejalashtirish bosqichiga o‘tish hamda tanlangan mavzu asosida ma’lumotlar bazasini loyihalash;

    • Individual loyiha uchun tanlangan mavzu ma'lumotlarning mantiqiy va fizik modellarini ishlab chiqish;

    • O’rnatilgan tizimlar va tanlangan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimini normallashtirish va uni baholash;

    • Individual loyiha mavzusida dasturlash tillaridan foydalanib barcha turdagi so‘rovlarni yozish va ma’lumotlar bazasida so‘rovlar yaratish uchun yuqori bosqichli tillarni qo‘llash;

    • Loyiha mavzusida dasturlash tillarida funksiya, trigger va indexlar yaratish;

    • O’rnatilgan tizimlar bilan bog’liq muammolarni yechish, tranzaksiyalarni boshqarish, ma’luotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash;

    • O’rnatilgan tizimlarni yaratilgan forma bilan ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazasini bog’lash;

    • Ishlab chiqilgan forma orqali bazaga ma’lumotlarni kiritish;

    • Individual loyiha ishi natijalarini namoyish qilish va asoslash.


    Download 124,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 124,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 124,5 Kb.