|
TA’LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISH
|
bet | 4/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 50,87 Kb. | | #235424 |
Bog'liq Mustaqil ish\' TA’LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISH
Hozirgi vaqtda ta`lim jarayonini axborotlashtirishda asosiy diqqat, samarali multimediali o`quv kurslari ishlab chiqarishga qaratilmoqda. Xalqaro tajribalarga tayangan holda tekstografik elektron mahsulotlar o`rniga interaktiv, multimedia manbalariga boy elektron resurs qo`llanilmoqda. Oliy ta`limda fanlarni o`qitishda qo`llaniladigan elektron darsliklarning interaktivligi, multimediya manbalariga boyligiga asosiy e`tiborni qaratish lozim. Axborotlashtirish orqali ta`lim samarasi va sifatini oshirish uchun esa yangi darsliklar bir qancha innovatsion sifatlarga ega bo`lishi kerak. Shuning uchun elektron axborot resursi sifatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Har qanday ta`lim manbasi kabi elektron axborot resursini ham sifatlar majmuasidan kelib chiqqan holda baholash lozim. Bunda baholashni an`anaviy va innovatsion turlarga bo`lish muhimdir: o Davlat ta`lim standartlari, ta`limning namunaviy va ishchi dasturlariga mos kelishi; o Taqdim etilayotgan ma`lumotlar ilmiy asoslanganligi; o Yagona metodikaga mos kelishi (“osondan qiyinga qarab borishi”, materiallarni taqdim etishda ketma-ketlikka rioya etilishi); o Dalillarga oid xatolar, axloq qoidalariga xilof, etikaga to`g`ri kelmaydigan tarkibiy qismlarga ega bo`lmasligi; va h.k Elektron axborot resursini baholashda an`anaviy usullar ham ishlatiladi, chunki bu usullar bilan baholash jarayoni yaxshi ishlab chiqilgan. Shuni qayd qilish lozimki, kitob faqat axborot olishni ta`minlaydi, multimediali elektron axborot resursi esa olinayotgan axborotning tasavvur orqali xotirada saqlanishi bilan farq qiladi. Hozirgi kunda insonning kun bo`yi qabul qiladigan axborotlari shunchalik ko`pki, ularning hammasini esda saqlab qolish juda mushkul. Shu sababli, axborotni tasavvur qilgan holda qabul qilish xotirada saqlanishini osonlashtiradi. Multimediali elektron axborot resursi esa inson xotirasiga axborotlarni yaxshi eslab qolinuvchi vizual ko`rinishda uzatadi. Multimediali elektron axborot resurslarini tayyorlashda, ulardan foydalanish davomiyligini hisobga olish zarur. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etmasdan ta`lim tizimini taraqqiy ettirib bo`lmaydi. Bu borada zamonaviy oliy ta`lim tizimi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, bo`lajak mutaxassislar kasbiy faoliyatining muhim vositasi sifatida qo`llash bo`yicha vazifalarni ilgari surmoqda. Ta`lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning afzal va qulay imkoniyatlarni, shart-sharoitlarini yaratish va o`quv jarayonini multimediali elektron o`quv adabiyotlari, qo`llanmalar va metodik qo`llanmalar bilan ta`minlashni taqoza qiladi. Pedagog va ta`lim oluvchilarga axborotlarni qidirish va foydalanishda salmoqli erkinlik taqdim qiladigan elektron axborot resurslarni tatbiq qilish natijasida muayyan qiyinchiliklar va salbiy jihatlar paydo bo`lishi mumkin. Bunda pedagog va ta`lim oluvchilar zamonaviy kommunikatsiya vositalari taqdim qiladigan erkinlikdan ko`pincha foydalana olmaydi. Ko`plab chigal va murakkab taqdim qilish usullari, talabani o`rganayotgan materialdan chalg`itishiga sabab bo`lishi mumkin. Axborotning chiziqsiz strukturasi, ta`lim oluvchining taqdim qilingan havolalarni kuzatib borishga qiziqtirib, bilmasdan turib ishlatish o`quv materialini asosiy mazmunidan chalg`itishi mumkin. Ba`zi bir elektron ma`lumotnomalar, entsiklopediyalar, internet-portallar taqdim qilgan elektron resurslari juda katta hajmda bo`lsa, ular talabaning e`tiborini chalg`itishi mumkin. Insonning xotirasi birdaniga juda ko`p axborotni kabul qilishga qodir emas. Talabaga bir vaqtda turli tipdagi juda ko`p axborotlar ko`rsatilganda, u boshqa axborotlarni kuzatib borib, muhim axborotlarni o`tkazib yuborib, axborotdan chalg`ishi mumkin. Multimedia tushunchasi keng ma`noli bo`lib, turli soha mutaxassislari uni qo`llanish mazmuniga qarab, uni turlicha talqin etishadi. Elektronika bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar ushbu atamani har-xil formatdagi matn, grafika, animatsiya, ovoz, video ko`rinishdagi ma`lumotlar bilan ishlash imkoniyatini ta`minlovchi apparat vositalari sifatida tushunadilar. Bu CD/DVD-ROM, ovoz kartasi, videokarta, tashqi yig`uvchilar kabilardan iborat. Multimedia tushunchasining eng umumlashgan holati (multimedia vositalari) - matn, rasmlar, sxema, jadval, diagramma, fotografiyalar, video va audiofragmentlar va boshqa har-xil ma`lumotlarni raqam ko`rinishida ishlab chiqish, yaratishning dasturiy-apparat vositalari tushuniladi. Bugungi kunda multimedia texnologiyalari inson faoliyatining biznes, ta`lim, tibbiyot va boshqa shu singari turli sohalarida qo`llanilishini ko`rish mumkin. Ushbu faoliyat yo`nalishlarida multimedia mahsulotlarini yaratish uchun keng ko`lamdagi dasturiy mahsulotlar mavjud. Ularning ayrimlari multimedianing alohida komponentlari bilan ishlashga mo`ljallangan (audio muharrirlar, videomuharrirlar, grafik muharrirlar).
|
| |