|
TA’LIMDAGI QO’LLANILAYOTGAN TEXNALOGIYALAR
|
bet | 3/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 50,87 Kb. | | #235424 |
Bog'liq Mustaqil ish\' TA’LIMDAGI QO’LLANILAYOTGAN TEXNALOGIYALAR
Bugungi globollashuv jarayonlarida yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish zamonaviylashib, yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. Yoshlarimiz sog‘lom hamda go‘zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo‘yicha doimiy ish o‘rniga ega bo‘lish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta’lim olishni eng asosiy shart sifatida ko‘rmoqda. Ta’lim - inson faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta’lim tizimida inson faoliyati bilan bog’liq ko’pgina muammolarni hal etish zarur. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnika jarayonining o’zgarishi bilan bog’liq ta’limning yangi nazariyasini yaratish, ya’ni fanni jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantirish va amaliy ko’rsatkichlarini rivojlantirish natijasida amalga oshirish mumkin. Axborot texnologiyasi barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-metodik asosi bo’lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan axborot texnologiyalari bo’yicha tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim olish, erkin fikrlay olishga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayon. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda. Axborot texnologiyasi shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiya boʻlib, oʻquvchilarning intellektual va emostional-motivastion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, taʼlim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taʼminlash, faollikni oshirish, oʻz-oʻzini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi. Hozirgi vaqtda taʼlimda quyidagi asosiy axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda va oʻrganilmoqda: Oʻqitishning elektron vositalari. Oʻqitish jarayoni pedagog, taʼlim oluvchi va oʻqitish vositalarining oʻzaro taʼsiridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va taʼlim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi. Elektron oʻquv-metodik majmualar- zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida oʻqitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topgan va oʻquv materiallarini kompyuter texnologiyalari, audio-video vositalar asosida taqdim etadigan oʻquv-metodik majmuasi. Elektron shakldagi oʻquv-uslubiy materiallar- elektron darslik, elektron oʻquv qoʻllanmalar, elektron maʼruza materiallari, elektron kutubxonalar, mos(GD, Flesh va h.k.) sigʻimdagi audio vizual materiallar, interfaol oʻquv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini oʻtkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini oʻtkazish tizimlari. Elektron darslik- kompyuter texnologiyasiga asoslangan oʻquv uslubini qoʻllash, mustaqil taʼlim olish, muayyan fanga oid oʻquv materiallari, ilmiy maʼlumotlarni har tomonlama samarali oʻzlashtirishga qaratilgan oʻquv adabiyoti yoki kompyuter texnologiyalariga asoslangan oʻqitish metodlaridan foydalanishga moʻljallangan oʻish vositasi. Multimedia- kompyuter uchun moʻljallangan tovush, video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua. Tovush, video, animatsiyalarni “multimedia elementlari” - deyish mumkin. Multimedia texnologiyalari axborotning koʻpgina turlarini oʻzida integratsiyalaydi. Masalan: skanerdan olingan tasvirlar; yozib olingan ovoz, musiqiy effektlar va musiqa; murakkab videoeffektli videolar, turli animatsiyalar Qolaversa, multimedion vositalarga qoʻshimcha qilib, proyektor, interaktiv doskani ham kiritish mumkin. Yana shu narsani taʼkidlash joizki, multimedia orqali olingan bilimlar kishi xotirasiga uzoq saqlanib, kerak paytda amaliyotda qoʻllash imkonini beradi. Umuman olganda, multimediani qoʻllash orqali quyidagi oʻqitish effektivligiga erishiladi: bilimlarni oʻzlashtirish majburan emas, balki oʻquvchi ixtiyori bilan amalga oshadi; multimedia oʻquvchi tomonidan xursandlik bilan qabul qilinadi, xursandlik esa oʻz navbatida uni oʻquv faniga munosabatini ijobiy tomonga oʻzgartiradi; oʻquvchini boshqalarga nisbatan oʻzini namoyon qilish imkoniyati paydo boʻladi; oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash uchun yangi obyektiv mezon paydo boʻladi: kim koʻp bilsa va undan muvaffaqiyatli foydalana olsa, oʻsha yutib chiqadi; oʻz fantaziyalariga erk berish imkoniyati tugʻiladi, qoʻrquv hissi, boshqalarga jamoada sogʻlom raqobat va musobaqa muhiti tashkil topadi; fanlararo bogʻlanishni haqiqiy amalga oshirish imkoniyati tugʻiladi. Axborot texnologiyasi barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-metodik asosi bo’lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan axborot texnologiyalari bo’yicha tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim olish, erkin fikrlay olishga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayon. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda. O’z navbatida boshqa boshlang’ich sinf darslarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari, vositalari, prinsiplarini bilishi lozim. Hozirda ta’limni yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash zamon talabi bo’lib, ta’limda axborot texnologiyalarini qo’llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi: - axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish; - fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar; - axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari; - o’quv materiallari haqida axborotli ma’lumot tizimini bilish va qo’llay olish; - universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarini; - o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi; - global internet kompyuter tarmog’idan foydalanish; - mustaqil ishlash, o’zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to’plamini ishlab chiqish; - bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o’tkazish; - o’quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash; - o’qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo’yicha taklif berish; - nazorat ishlarini o’tkazish. Aynan axborot texnologiyalaridan foydalanish istiqbolli masalalarni hal etib berar ekan, uning didaktik asosi qanday, shu haqida to’xtaladigan bo’lsak: Axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik prinsiplari o’zaro bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi.
|
| |