|
Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg
|
bet | 2/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 50,87 Kb. | | #235424 |
Bog'liq Mustaqil ish\' METOD VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida , ya’ni ta’lim muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak. Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish , ularni tasniflash , metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar deganda , an’anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi. Shu ma’noda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati axborot madaniyati axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi , fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson informatsion koinot bilan o’zaro muloqotga kirishadi. Telekomunikatsiya (telefon , televideniya , radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot makonini multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi internet tarmog’i ayniqsa uning giper-media xizmatlari (Vorld-Vide Veb) , gipermediapochta , videokonferensiyalardir. Multimedia (‘’ko’p muhitlik’’ degan ma’noni bildiradi) – zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo’lib kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko’rinishlarimatn , jadval , grafika , nutq , animatsiya , multiplikatsiya) , video tasvir , musiqa yordamida axborotni yig’ish , saqlash , qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia ‘’inson kompyuter’’ interaktiv (dialogig) muloqotning yangi , takomillashgan pog’onasi bo’lib , unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan xordiq chiqarish , ta’lim olish va reclama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga ta’lim berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahamiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o’zlashtiriladi , vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi , olingan ma’lumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi , kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning passiv tiglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib , izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tatbiq etiladi , ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda , multimedia ta’limning emotsionalestetik ta’sirlanish , maqsadga intilish , tadqiqotchilik kabi motivlarni faollashtiradi. Ma’lumki , ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to’rtdan bir qismini , ko’rgan materialining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko’rib , ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalarida foydalanganda esa bu ko’rsatkich 75% tashkil etadi.
|
| |