|
Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg
|
bet | 5/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 50,87 Kb. | | #235424 |
Bog'liq Mustaqil ish\' TADQIQOT NATIJALARI
Multimedia vositalari asosida o’qitish jarayonini tashkil etish metodikasi an’anaviy o’qitish usulidan tubdan faqrlanib , u boshlang’ich sinf o’qituvchilari va o’quvchilari uchun:
- O’quv materialini obrazlar ko’rinishida taqdim etish; - O’qitishning differensial va individual holatda bo’lishi;
- O’qish va o’zlashtirish jarayonini baholab borish , teskasi aloqa bog’lash;
- O’quv materialini o’zlashtirish jarayonida o’z-o’zini nazorat qilib borish va tuzatish;
- O’rganilayotgan mavzularni namoyish etish va ularning o’zaro aloqadorligini kuzatish;
- Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan va o’zlashtiriladigan fan mavzularini animatsiya , grafika , multiplikatsiya ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish; - Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’quv fanlarini o’zlashtirish uchun ko’nikmlalar hosil qilish; - O’quvchilarni mustaqil ishlari va mavzularni o’zlashtirish uchun yangi sharoit yaratish kabilar. Bu boradagi olib boriladigan ishlar ta’lim-tarbiya tizimidagi zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish va joriy qilish bilan bog’liqligi , ulardan maqsadli foydalanish ta’lim-tarbiya jarayoning samaradorligini oshirishga olib keladi. Bu jarayonda multimedia vositasi boshlang’ich sinfda o’rganiladigan har bir fanga tatbiq etish orqali bu fanlarning o’zlashtirish qamrovini oshiradi. Meyer bo‘yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari. Multimedia dasturlari orqali o‘qitish o‘quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko‘lamda tizimga keltirishga ko‘maklashadi, ta'lim oluvchilarga ta'limning to‘liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o‘tish imkonini beradi. Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o’zatish uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‘zgacha o‘rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi. Pedagogika fani tajribalari va amaliyotining shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim modeliga diqqati ko‘p jihatdan ilmiy qarashlari markazida insonga urg‘u beriluvchi falsafiy qarashlar taraqqiyoti bilan bog‘langan. Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim shunday ta'limki, u:
• Ta'lim oluvchiga yo‘naltirilgan va unga ta'lim jarayonining eng asosiy qadriyati sifatida e'tibor qaratilgan;
• Ta'lim oluvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga va shakllantirishga, tafakkurini rivojlantirishga, uning ijodkor, faol va tashabbuskor shaxs sifatida yetilishiga, o‘rganishga bo‘lgan va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtirishga; ularning zehnini, kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;
• yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchanlik, yangi ixtisos olishga va bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga qobiliyatli mutaxassislarga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan. Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta'limning gumanizatsiyalashuvini ta'minlash;
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati);
• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub'yekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;
• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi;
• ta'lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.
|
| |