|
Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablar
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 72 Kb. | | #232185 |
Bog'liq dasturiy mahsulotTanlovda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablar
15. Tanlovda ishtirok etish uchun jamoalar tarkibi 3-5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
16. Jamoa tarkibiga jamoaning mas’ul vakili murojaati asosida ishchi guruh bilan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
241. Tanlov doirasida mentorlik qilayotgan shaxslar ishtirokchi jamoalar tarkibida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Ishtirokchi jamoalar tomonidan tanlov doirasida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmaydi.
Ishtirokchi jamoalarning loyihalarini baholash hamda tanlov g‘oliblarini aniqlash
18. Komissiya azolari ishtirokchi jamoalarning loyihalarini baholaydi va saralaydi, shuningdek, tanlov g‘oliblarini aniqlaydi.
Tanlovdan chetlashtirish tartibi
19. Ishtirokchi jamoalarning a’zolari tomonidan quyidagi xatti-harakatlar amalga oshirilganligi aniqlansa, ular tanlovdan chetlashtiriladi:
Ishchi guruh faoliyatiga xalaqit bersa;
tanlov doirasida arizada ko‘rsatilmagan, ya’ni ishtirokchi jamoaning a’zosi bo‘lmagan shaxslarni jalb qilsa;
o‘z xohishi bilan tanlovda ishtirok etishni davom ettirishdan voz kechsa;
Tanlovni moliyalashtirish va tanlov g‘oliblarini taqdirlash
20. Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun - Bazaviy stpentiya miqdorining 10 barbari miqdorida;
2-o‘rin uchun - Bazaviy stpentiya miqdorining 8 barbari miqdorida;
3-o‘rin uchun - Bazaviy stpentiya miqdorining 6 barbari miqdorida;
.
21. Tanlov g‘oliblariga pul mukofotlari filialning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab berilsin.
Yakunlovchi qoidalar
22. Tanlovning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida taqdimot jarayoniga filial professor o‘qituvchilari va talabalari qatnashishlari mumkun.
23. Tanlovning yopilish tadbiri ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
24. Tanlov natijalari yuzasidan ishtirokchi jamoalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
25. Ushbu Nizom talablariga amal qilmagan va uning talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali direktori sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi dasturiy mahsulot” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali direktori sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi dasturiy mahsulot” tanlovini tashkil etish
SXEMASI
|
| |