|
Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi dasturiy mahsulot
|
bet | 1/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 72 Kb. | | #232185 |
Bog'liq dasturiy mahsulot
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali direktori sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi dasturiy mahsulot” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali direktori sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi dasturiy mahsulot” tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabaar;
jamoa — tanlovda ishtirok etish istagini bidirgan guruh;
jamoaning mas’ul vakili — jamoa nomidan yagona qaror qabul qiluvchi hamda jamoaning fikrlari va g‘oyalarini ifodalovchi shaxs;
loyiha — ishtirokchi jamoalar tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot;
ishchi guruh — tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy gurug.
3. Tanlovga tashkiliy guruh umumiy rahbarlik qiladi.
4. Tanlovni o‘tkazishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
soha va tarmoqlar rivoji uchun xizmat qiladigan, yoshlar tomonidan ilgari surilgan ilg‘or biznes-g‘oyalar va startap loyihalar yaratish;
tanlov doirasida iqtidorli yosh dasturchilarning tajribasini va ularning jamoada ishlash ko‘nikmasini oshirish;
yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish.
Tanlovni o‘tkazish tartibi
5. Tanlov mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq 5 bosqichda tashkil etiladi.
6. Birinchi bosqichda ishchi guruh tomonidan tanlov e’lon qilinadi va arizalar qabuli boshlanadi.
7. Ikkinchi bosqichda ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza va unga ilova qilingan materiallar topshiriladi.
8. Tanlovda faqat Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabalari ishtirok etishlari mumkin.
9. Ishtirokchi va jamoalar Nizomga 2-ilovaga muvofiq barcha ma’lumot va materiallarni o‘zbek tilida taqdim etadilar.
10. Uchinchi bosqichda ishchi guruh kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan materiallarning to‘liqligini ko‘rib chiqadi hamda mazkur Nizom talablariga mosligini tekshiradi.
Bunda ariza beruvchilarning keyingi bosqichga o‘tganligi (o‘tmaganligi) haqida ma’lumot filial rasmiy kanallarida yoritib boriladi.
11. To‘rtinchi bosqichda loyihalar taqdimoti tashkiliy guruh tomonidan belgilangan sana va joyda an’anaviy (offlayn) tarzda o‘tkaziladi. Bunda ushbu bosqichga o‘tgan ishtirokchi jamoalar o‘zlarining loyihalari bo‘yicha mas’ul komissiya azolariga taqdimot o‘tkazadilar va himoya qiladilar.
Komissiya azolari ushbu bosqichga o‘tgan ishtirokchi jamoalarning loyihalarini taqdimotlar natijasi bo‘yicha baholaydi va har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 tadan oltinchi (yakuniy) bosqichga o‘tadigan ishtirokchi jamoalarni aniqlaydi.
Loyihalar taqdimoti uchun har bir ishtirokchi jamoaga 15 daqiqa, xususan, kirish so‘zi va taqdimot, loyihaning imkoniyatlarini amaliyotda namoyish etish hamda loyiha bo‘yicha savol-javoblar uchun 5 daqiqadan vaqt ajratiladi. Taqdimot uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
12. Beshinchi bosqichda tanlovning bo‘yicha aniqlangan ishtirokchi va jamoalarning loyihalari Komissiya azolari tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.
Bunda Komissiya azolari baholari natijasiga muvofiq har bir ishtirokchi yoki guruh eng yuqori ball to‘plagan, 1, 2 va 3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchi jamoalar tanlov g‘oliblari hisoblanadi.
13. Tanlovning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarga pul mukofotlari bilan taqdirlanadi
14. Tanlov bosqichlari o‘tkaziladigan muddatlar va sanalarga ishchi guruh tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
|
| |