|
Interaktiv Video olishda hamda uni mantaj qilishda ishlatilgan dasturlar
|
bet | 6/18 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,32 Mb. | | #242019 |
Bog'liq 5 sinflar uchun informatika fanidan interaktiv videolar asosidagi.
1.2. Interaktiv Video olishda hamda uni mantaj qilishda ishlatilgan dasturlar
Multimedia ilovalari tarkibini quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin. Yaratilayotgan multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini belgilash(masshtab va fon) kadrlar, qatlamlardan foydalanish, turli shakllar simvollarni yaratish, dasturlash tilida o‘zgaruvchilar kiritish va skriptlar yozish, tovushli fayllar bilan ishlash, matn qo‘shish, effektlar yaratish, rasmlardan foydalanish va import qilish, kutubxonadagi tayyor komponentlardan foydalanish, navigatsiyani yaratish, matn razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish.5
O‘z navbatida multimedia ilovalarini quyidagi turosti turlarga bo‘lish mumkin. Multimedia ilovalarining turosti turlarining asosiy tushunchalari. Taqdimot:
Chiziqli taqdimot-murakkab grafika, videoqo‘yilma, ovoz jo‘rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan dinamik ro‘lik.
Interfaol taqdimot-iyerarxik tamoyillar bo‘yicha to‘zilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to‘plami.
Animatsiya:
Kadrlar animatsiyasi-tasvirlar harakati tassurotini beradigan suratlarning kadrlar bo‘yicha almashishi.
Dasturiy animatsiya –dasturlangan amallar ketma ketligi yordamida tasvirlar almashadigan animatsiya (ya’ni algoritm va o‘zgaruvchilar yordamida). Asosiy ob’yektlarni chizish qo‘lda amalga oshiriladi yoki biror bir kolleksiya yoxud galereyadan import qilib olinadi, shundan keyingina unda qaysidir dasturlash tili imkoniyatlari ishga solinadi.
O‘yinlar:
Ko‘ngil ochuvchi o‘yinlar –foydalanuvchiga bo‘sh vaqtini o‘tkazishga imkon beradigan dasturlar.
O‘rgatuvchi o‘yinlar –taqdim etilgan yengil o‘yin shaklida foydalanuvchiga u yoki bu soha bo‘yicha o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan dasturlar.
Video o‘qish qurilmalari:
Film kadrlari harakatini shakllantirish harakat tassurotini uyg‘otuvchi rasmlar, kadrlar ketma ketligini, tasvirlarini tayyorlash va joylashtirish.
Videotasvirlar oqimini o‘qish qurilmasi videooqim formatlari avi, mpeg, v. b. ni o‘z ichiga olgan o‘qish qurilmasini shakllantirish, shundan keyingina ushbu oqimni boshqarish imkoniyati tug‘iladi (masalan, videofaylni ishga tushirish pauza, video boshiga tez o‘tish kabi buyuruqlarni ishlatish). Multimedia –galereyalar:
Tasvirlarning kadrlarda almashishi –tasvirlarning belgilangan vaqt oralig‘ida almashish tartibi.
Panorama –katta ochiq maydonni erkin tamosha qilishga imkon beruvchi keng va kata plandagi manzara.
Interfaol galereya –foydalanuvchiga boshqarish imkonini beradigan galereya (tasvirlar bo‘yicha harakat).
Tovush o‘qish qurilmalari:
Bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasi –wav, mp3, va boshqa formatdagi ovozli faylni multimedia ilovaga qo‘shish va uni qaytadan eshitish.
Turli ovozli fayllarni o‘qish qurilmasiga o‘xshash, lekn bajarish ketma ketligini o‘zgartirish imkoniyati qo‘shilgan holda bajariladi.
Virtual musiqa instrumentlari –haqiqiy musiqa instrumentlari imitatsiyasi.
Mobil ilova interaktiv video yaratishda juda koplab dasturlardan foydalansa boladi bu yaratgan videoingizni qizizqarli va zamonaviy tolishini taminlaydi . men interaktiv video tayyorlashda asosan edpuzzle dasturidan foydalandim bu dasturda foydalanish juda ham qulay sodda qilib yaratilgan eng muhimi videomizni sifatli qilib chiqishini taminlaydi .
Edpuzzle
|
| |