Interaktiv videolarni yaratish jarayoni




Download 4,32 Mb.
bet14/18
Sana18.05.2024
Hajmi4,32 Mb.
#242019
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5 sinflar uchun informatika fanidan interaktiv videolar asosidagi

2.2. Interaktiv videolarni yaratish jarayoni .
Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi9.
Bugun kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlar asta-sekin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Yani, faol ish yurituvchini internet global tarmog‘isiz, intellektual ishchini esa ish joyida kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o‘quv dargohlarida, davlat muassasalarida behad ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi soxada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o‘z faoliyatida internetdan foydalanish zarurligiga katta etibor qaratmokda. Internetda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko‘rinishi qulay bo‘lishiga, ya’ni Web-sahifasiga e’tibor berish zarur, chunki saxifadagi foydalanuvchi axborot har tomonlama bo‘lishi mumkin va u Web-saytga joylashtiriladi. Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo‘yicha, informatsion yagona bus-butun bo‘lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma’lum standartga ega bo‘lishi kerak
Zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari muhitida o‘qitishni internet resurslaridan foydalanishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Internet tarmog‘i ta’lim xizmatlarining juda katta potensialiga ega. Elektron pochta, virtual kutubxona va muzeylar, ta’limiy portal va saytlar, mavzuli blog va forumlar, telekonferensiyalar, elektron olimpiadalar va viktorinalar, zamonaviy ta’limning tarkibiy qismiga aylanmoqda. Ushbu ta’lim xizmatlaridan, ham darsda, ham darsdan tashqari faoliyatda foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Internet ta’lim resurslaridan foydalanish o‘qituvchini ta’lim jarayonining menedjeriga aylanishga undaydi.
Hozirgi kunda talabalarga mashg‘ulotlarda uzundan-uzoq ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozishni qat’iy talab etish, o‘qituvchining to‘la-to‘kis “hukmronligi” ostida tashkil etilgan dars jarayoni orqali tayyor bilimlarni berish emas, balki ularni mustaqil faoliyatga undovchi bilimning turli manbalari (turli o‘qitish vositalari, audio-video qurilmalar, fanlar bo‘yicha yaratilgan elektron manbalar va h.o) bilan ham ishlashga, predmet bo‘yicha yaratilgan turli dasturiy muhitlardan foydalanib o‘quv materiallari mohiyatini chuqurroq anglab yetishlariga imkoniyat yaratish vaqti keldi.
Xulosa qilib aytganda, davlatda zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish darajasi, birinchi navbatda, jamiyatning intellektual potensiali, va oqibatda, davlatda ta’limning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Ta’limning sifati va tarkibi masalalari prioritet o‘rinni egallaydi. Barcha rivojlangan davlatlarda va ayrim rivojlanayotgan davlatlarda jamiyatni axborotlashtirish ustida jadal jarayonlar ketmoqda. Ta’limning samaradorligini oshirish usullari ishlab chiqilmoqda, yangi informatsion texnologiyalarni izlashga katta mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Dunyoda paydo bo‘layotgan ochiq ta’limning muhim komponentasi sifatida masofaviy o‘qitishdan keng foydalanish tendensiyalari kundan kunga yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda.

2.1-rasm edpuzzleda royhatdan o’tish
Biz veb-saytga o'tamiz va xizmatda ishlashni boshlash uchun ro'yxatdan o'tamiz. Roʻyxatdan oʻtish uchun ikki xil hisob mavjud: Oʻqituvchi va Talaba. O'qituvchi sifatida siz veb-saytda video darslar yaratishingiz, darslar tashkil qilishingiz va ularga talabalarni taklif qilishingiz mumkin. Talaba sifatida siz yaratilgan darslarga qo'shilishingiz va video topshiriqlarni bajarishingiz mumkin. O‘qituvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun “O‘qituvchi, hoziroq boshlang” tugmasini bosing. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng siz "Kirish" tugmasi yordamida saytga kirishingiz mumkin.



Download 4,32 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 4,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Interaktiv videolarni yaratish jarayoni

Download 4,32 Mb.