158
6. To‘ldirishning chegaralarini silliqligini ta’minlash uchun dasturning
xususiyatlar panelidan
Anti-alias
elementi belgilab olinadi.
7. Belgilangan pikselga qo‘shni bo‘lgan piksellarni to‘ldirish uchun dasturning
xususiyatlar panelidan
Contiguous
elementini belgilash kerak.
Element
belgilanmasa belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan tasvirning
barcha piksellari to‘ldiriladi.
8. Barcha aks ettirilgan qavatlarning piksellariga ta’sir qilish uchun dasturning
xususiyatlar panelidan
All Layers
elementi belgilanadi.
9. Tasvirning to‘ldirilishi kerak bo‘lgan maydoniga sichqon ko‘rsatkichini
joylashtirib chap tugmasi bosiladi.
Dasturning
Stroke
buyrug‘i yordamida belgilash, yo‘l va qavatning chegarasini
rang bilan belgilash mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Old fon rangi belgilanadi.
2. Maydon yoki qavat tanlanadi.
3. Dasturning
Edit
menyusidan
Stroke
buyruq qatori tanlanadi. Natijada
quyidagi dialog oynasi ochiladi:
4. Dialog oynasining
Stroke
bo‘limida
Width
elementi yordamida belgilanish
qalinligi va
Color
elementi yordamida uning rangi ko‘rsatib o‘tiladi.
5.
Dialog oynasining
Location
bo‘limida belgilanishning chegaraga nisbatan
joylashi belgilanadi.
159
6. Dialog oynasining
Blending
bo‘limida
Mode
elementi yordamida belgilanish
rangining element rangi
bilan aralashish rejimi va
Opacity
elementi yordamida
belgilanishning shaffoflik darajasi belgilanadi.