155
Current Brush Load
– ochiladigan menyudan
Load Brush
buyruq
qatorini
tanlab uskuna konteynerini rang bilan to‘ldirish,
Clean Brush
buyruq qatorini tanlab
mo‘yqalamni rangdan tozalash mumkin.
Preset
– mo‘yqalamning oldindan belgilangan xususiyatlarga ega andozalarini
tanlash mumkin.
Wet
elementining qiymati mo‘yqalam xolstdan
qancha miqdorda rang olish
darajasini belgilaydi:
Load elementining qiymati uskuna konteyneriga yuklanadigan rang miqdorini
belgilaydi. Kichik qiymatda mo‘yqalam tez qurib qoladi:
Mix
elementining qiymati xolst rangining uskuna konteyneridagi rang bilan
aralashish darajasini beradi. Element qiymati 100% ga teng bo‘lsa
barcha rang
xolstdan olinadi, 0% ga teng bo‘lsa barcha rang uskuna konteyneridan olinadi.
Sample All Layers
elementi belgilansa uskuna
rangni xolstdagi barcha
qavatlardan oladi.
5. Mo‘yqalam bilan xolstga chiziladi.