179
Rastrli tasvir – piksellardan tashkil topgan tasvir.
Retush – tasvirni to‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan qayta ishlash amali.
Shovqin – rang qiymatlari ixtiyoriy ravishda taqsimlanuvchi piksellar to‘plami.
Soya – tasvirning to‘q ranglari.
To‘ldirish – tasvirning belgilangan maydonini
rang yoki andoza bilan
to‘ldirish.
Ton – kul rangning darajasi.
Transformasiya – belgilangan maydonni o‘zgartirish.
Tugmalar kombinatsiyasi – biror bir amalni
bajarish uchun belgilangan
klaviaturaning ikki yoki undan ortiq tugmalarini bir vaqtda bosilishi.
Uskuna – biror bir amalni bajarish uchun mo‘ljallangan element.
Vektorli maska – piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmay
va pero yoki shakl
uskunalari yordamida yaratiladigan element.
Vektorli tasvir – vektorlar yordamida ifodalanuvchi
chiziqlar va egrilardan
tashkil topgan tasvir.
Xolst – rasm chizishga tayyorlab qo‘yilgan oq rangdagi yuza.
Yo‘l – to‘g‘ri yoki egri vektorli shakl.
Yorug‘lik – rangning keskinligini belgilovchi rang xususiyati.
Yorug‘lik – tasvirning yorug‘ ranglari.