168
2. Natijada ochilgan dialog oynasidan
Format
elementiga fayl turi,
File name
elementiga fayl nomi va fayl joylashishi ko‘rsatiladi.
3. Dialog oynasining
Save
tugmasi bosiladi.
Photoshop dasturi quyidagi kengaytmali grafik fayl turlarini qo‘llaydi: PSD,
PSB, BMP, GIF, DCM, EPS, IFF, JPEG, PCX, PDF, RAW, PNG, TIFF.
Photoshop dasturi eni va bo‘yi 300 000 piksel o‘lchamigacha bo‘lgan tasvirlar
bilan ishlay oladi. Tasvirning eni va bo‘yi 30 000 pikseldan yuqori bo‘lganda
saqlash uchun quyidagi uch turdagi fayl kengaytmasi qo‘llaniladi:
PSB - istalgan hajmdagi fayllarni qo‘llaydi;
RAW - istalgan hajmdagi fayllarni qo‘llaydi, ammo qavatlarni saqlamaydi;
TIFF - 4GB o‘lchamgacha bo‘lgan fayllarni qo‘llaydi.
Dastur yordamida tasvirdagi qavatlarni PSD, BMP, JPEG,
PDF va TIFF
kengaytmasiga ega alohida fayl sifatida saqlash imkoniyati mavjud. Buning uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. Dasturning
File
menyusi
Export
bo‘limidan
Layers To Files
buyruq qatorini
tanlash kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
2. Dialog oynasining
Destination
bo‘limida eksport
qilinayotgan fayllar joyi
belgilanadi. Belgilanmagan holda eksport qilinayotgan fayllar joriy fayl joylashgan
papkaga joylanadi.
169
3. Dialog oynasining
File Name Prefix
bo‘limida eksport qilinayorgan fayllar
uchun umumiy nom prefiksi belgilanadi.
4.
Visible Layers Only
elementini belgilash orqali
faqatgina aks ettirilgan
qavatlar eksport qilinadi.
5. Dialog oynasining
File Type
bo‘limida eksport
qilinayotgan fayllarning
kengaytmasi belgilanadi.
6. Dialog oynasining
Run
tugmasini bosib eksport jarayoni amalga oshiriladi.