147
4. Dasturning xususiyatlar panelidan chizish rejimi, chiziq shaffofligi va
boshqa xususiyatlar belgilab olinadi.
5. Tasvir ustida sichqon tugmasini bosib turgan holda yurgizib chiziladi.
Chizish uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi
sozlamalarni belgilab olish mumkin:
Mode
– chizilayotgan chiziq rangining tasvirning mavjud piksellari bilan
aralashish usulini belgilaydi.
Opacity
– qo‘llanilayotgan rangning shaffoflik darajasini belgilaydi.
Flow
– uskuna ko‘rsatkichi belgilangan maydon ustida yurgizilganda rangni
qo‘llash darajasini belgilaydi.
Airbrush
- puliverizator yordamida chizishni simulyatsiya qiladi.
Auto eraze
(faqat qalam uskunasi uchun) – old fon rangiga ega maydonlarga
orqa fon rangida chizadi.