150
Roundness
– mo‘yqalamning yumaloqlik darajasini belgilaydi:
Hardness
– mo‘yqalamning tashqi chegarasining aniqlik darajasini belgilaydi:
Spacing
– mo‘yqalamning chizishda iz qoldirish chastotasini belgilaydi:
Mo‘yqalam andozasi uchun kiritilgan barcha o‘zgartirishlarni (mo‘yqalamning
shakl sozlamalaridan tashqari) bekor qilish uchun mo‘yqalam
sozlamalari paneli
menyusidan
Clear Brush Controls
buyruq qatorini tanlash kerak.
Yo‘llarga rang berish
Pero yordamida yaratilgan yo‘l tasvirda aks ettirilmaydi. Yo‘lni tasvirda aks
ettirish uchun uning chegaralarini belgilash yoki ichini to‘ldirish kerak bo‘ladi.
151
Photoshop dasturining
Fill Path
buyrug‘i yordamida yo‘lni ma’lum rang, rasm,
andoza yoki to‘ldirilgan qavatli piksellar bilan to‘ldiradi.
Yo‘lni joriy
Fill Path
sozlamalari bilan to‘ldirish uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Panellar bo‘limidagi
Paths
panelidan yo‘l tanlanadi.
2.
Paths
panelining pastki qismida
joylashgan
Fill Path
tugmasi bosiladi.
Yo‘lni belgilangan sozlamalar bilan to‘ldirish uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Panellar bo‘limidagi
Paths
panelidan yo‘l tanlanadi:
2. Yo‘l quyidagicha to‘ldiriladi:
- klaviaturaning
Alt
tugmasini
bosib turgan holda
Paths
panelining
pastki
qismida joylashgan
Fill Path
tugmasi bosiladi;
-
Paths
panelining menyusidan
Fill Path
buyruq qatori tanlanadi.
Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
3. Dialog oynasining
Contents
elementiga to‘ldirish turi belgilanadi:
152
Masalan,
Content
elementiga
Pattern
qiymati belgilansa yo‘l
quyidagicha
to‘ldiriladi:
5. Dialog oynasining
Blending
bo‘limidagi
Opacity
elementi orqali
to‘ldirilishning shaffoflik darajasi belgilanadi. Masalan, 50%
shaffoflik darajasi
quyidagi ko‘rinishga ega:
6. Dialog oynasining
Rendering
bo‘limidagi
Feather Radius
elementi orqali
to‘ldirilishni yo‘l chegarasining ichkarisi va tashqarisiga
chiqib ketish darajasi
153
belgilanadi. Masalan, elementning qiymati 30 ga teng bo‘lganda yo‘l to‘ldirilishi
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Panellar bo‘limidagi
Path
panelida yo‘l o‘chirib tashlangandan so‘ng tasvir
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Photoshop dasturining
Stroke Path
buyrug‘i yordamida yo‘lning
chegarasini
belgilab olish mumkin.
Yo‘lni joriy
Stroke Path
sozlamalari bilan chegarasini belgilash uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. Panellar bo‘limidagi
Paths
panelidan yo‘l tanlanadi.
2.
Paths
panelining pastki qismida joylashgan
Stroke Path
tugmasi bosiladi.
Yo‘lni belgilangan sozlamalar bilan chegarasini belgilash uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Panellar bo‘limidagi
Paths
panelidan yo‘l tanlanadi.
2. Dasturning uskunalar panelidan yo‘l chegarasini
belgilash uchun chizish
yoki tahrirlash uskunasi tanlanadi va dasturning xususiyatlar panelidan ushbu
uskunaning kerakli xususiyatlari o‘zgartirib olinadi.
154
3. Yo‘l chegarasini belgilash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
- klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda
Paths
panelining pastki
qismida joylashgan
Stroke Path
tugmasi bosiladi;
-
Paths
panelining menyusidan
Stroke Path
buyruq qatori tanlanadi.
Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
4. Ochilgan dialog oynasida yo‘l chegarasini belgilash uskunasini o‘zgartirib
olish mumkin. Yo‘l chegarasini qo‘lda belgilashni ifodalash uchun dialog
oynasining
Simulate Pressure
elementini belgilash kerak.
5. Dialog oynasining
OK
tugmasi bosiladi.