144
3. Dasturning panellar bo‘limidan quyidagilardan biri tanlanadi:
- shaklni mavjud shaklga qo‘shish:
- shaklning kesishgan maydonini mavjud shakldan ayirish:
- shakllarning kesishgan maydonidan shakl yasaydi:
- shakllarning kesishgan maydonidan tashqari maydonlaridan shakl
yasaydi:
4. Shakl chiziladi.
Photoshop dasturida turli ko‘rinishdagi
shakllarni dasturning
Custom Shape
uskunasi yordamida chizib olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Dasturning uskunalar panelidan
Custom Shape
uskunasi tanlanadi;
2. Dasturning xususiyatlar panelidan
Shape
elementiga kerakli shakl quyidagi
dialog oynasi orqali tanlanadi:
145
Ushbu dialog oynasida barcha shakllar kategoriyalar bo‘yicha bo‘lib chiqilgan
bo‘lib ular o‘rtasida o‘tish uchun dialog oynasining yuqori o‘ng burchagidagi menyu
tugmasini bosib ochilgan menyudan kerakli kategoriyani tanlab olish mumkin.
Shakllar quyidagi kategoriyalar bo‘yicha guruhlangan:
3. Kerakli shaklni tanlab ish sohasida ushbu shaklni chizib olish mumkin.
Shakl vektorli maska bilan bog‘langan rang bilan to‘ldirilgan
qavat
xisoblanadi. Shaklning rangini uning to‘ldirilgan qavat rangini o‘zgartirish orqali
o‘zgartirib olish mumkin. Bunda qavatni bir rangda, gradiyent rangda yoki andoza
bilan to‘ldirib olish mumkin. Bundan tashqari shaklning
vektorli maskasini
o‘zgartirib shakl chegarasini ham o‘zgartirib olish va qavatga stil qo‘llash mumkin.
Buning uchun quyidagilarni bajarish mumkin:
- shaklning rangini o‘zgartirish uchun qavatlar panelida shakl qavatining
yorlig‘iga sichqon ko‘rsatkichini joylab sichqon tugmasini ikki marta bosish kerak.
Natijada ochilgan rang tanlash dialog oynasidan kerakli rang tanlab olinadi.
146
- shaklni gradiyent rang yoki andoza bilan to‘ldirish uchun qavatlar panelidan
shaklning qavati
tanlanadi va dasturning
Layer
menyusi
Layer Style
bo‘limidan
Gragient Overlay
buyruq qatori tanlanadi.
- shaklning chegara chiziq qalinligini o‘zgartirish uchun qavatlar panelidan
shaklning qavati tanlanadi va dasturning
Layer
menyusi
Layer Style
bo‘limidan
Stroke
buyruq qatori tanlanadi.
- shaklning chegarasini o‘zgartirish uchun dasturning uskunalar panelidan
Path
Selection
uskunasi yordamida shakl belgilanadi. Dasturning uskunalar panelidan
pero uskunasi
yordamida shaklning boshqarish to‘rtburchaklarini siljitish
yordamida shakl chegarasi o‘zgartirib olinadi.