137
4. Namuna olish xususiyatini boshqarish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
- Dialog oynasining xususiyatlar panelidan
Aligned
elementini tanlab namuna
olish uzluksiz bo‘ladi;
- Dialog oynasining xususiyatlar panelidan
Aligned
elementining tanlanishini
bekor qilib namuna dastlabki namuna nuqtasidan olinadi;
5. Zarurat bo‘lsa quyidagilarni tanlash mumkin:
- Avtomatik ravishda bir nechta perspektiva yuzalarida ularning perspektivasini
inobatga olgan holda chizish uchun dialog oynasining menyusidan
Allow Multi-
Surface Operations
buyruq qatorini tanlash kerak;
- Faqatgina faol perspektiva yuzasida chizish uchun dialog oynasining
menyusidan
Clip Operations To Surface Edges
buyruq qatorini tanlash kerak.
6. Uskuna ko‘rsatkichini perspektiva yuzasi ustiga joylashtirib klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasi bilan kerakli nuqta ustiga bosiladi
va ushbu nuqta namuna nuqtasi deyiladi;
7. Tasvirning kerakli maydonlariga chiziladi.