128
- Belgilash uskunasi
to‘rtburchak belgilanishlar qiladi, belgilanishlarni
siljitadi yoki klonlaydi;
- Shtamp uskunasi
tasvirdan namuna olib chizadi;
- Mo‘yqalam uskunasi
yuzaga
belgilangan rangda chizadi;
- O‘zgartirish uskunasi
belgilanishning masshtabini o‘zgartiradi,
aylantiradi va siljitadi;
- Pipetka uskunasi
ko‘rib olish oynasidagi tasvirdan rang tanlab oladi;
- O‘lchash uskunasi
yuzadagi element burchak va masofalarni o‘lchaydi;
- Masshtab uskunasi
ko‘rib olish oynasidagi tasvir masshtabini o‘zgartiradi;
- Siljitish uskunasi
ko‘rib olish oynasida tasvirni siljitadi.
Vanishing Point
uskunasi bilan ishlashdan oldin tasvir tayyorlab olinadi.
Buning uchun quyidagilardan biri bajariladi:
-
Vanishing Point
uskunasi bilan ishlash natijasini alohida qavatga joylash
uchun yangi qavat yaratib olinadi.
- Tasvir kontentini uning chegaralaridan tashqarisiga klonlash rejalashtirilgan
bo‘lsa xolstning o‘lchamini kattalashtirib olinadi.
-
Vanishing Point
dialog oynasida bufer xotiradidan ma’lumot qo‘yilishi kerak
bo‘lsa
Vanishing Point
uskunasi ishga tushirilishidan oldin ma’lumot bufer
xotirasiga joylab olinadi.
-
Vanishing Point
uskunasini qo‘llash natijasini tasvirning ma’lum maydoniga
qo‘llash uchun uskuna ishga tushirilishidan oldin
tasvirning ushbu maydoni
belgilash uskunalari yordamida tanlab olinadi.
Vanishing Point
uskunasi bilan quyidagicha ishlanadi
1. Dasturning
Filter
menyusidan
Vanishing Point
buyruq qatori tanlanadi;
2. Yuza yaratish uskunasi
yordamida perspektiva yuzasi hosil qilib olinadi:
129
3. Tasvirni tahrirlash uchun quyidagilarni bajarish mumkin:
- Belgilash. Belgilash hosil qilib olinganidan so‘ng
uni klonlash, siljitish,
aylantirish, masshtabini o‘zgartirish, bo‘yash yoki shaklini o‘zgartirish mumkin;
- Bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish. Qo‘yilgan ma’lumot perspektiva yuzasi
ichiga siljitilsa ushbu perspektivaga mos ravishda o‘zgaradi:
- Rang yoki namuna piksellar yordamida chizish;
- Perspektiva yuzasidagi elementlarni o‘lchash.
4. Dialog oynasining
Ok
tugmasi bosiladi.