Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
115
1. Obyekt yuzalari deganda nima tushiniladi?
2. Obyekt yuzalari qanday aniqlanadi?
3. Obyekt yuzasi qanday o‘zgartiriladi?
4. Tasvirning yorug‘lik va kontrast ko‘rsatkichlari qanday o‘zgartiriladi?
5. Darajalar panelida tasvirning qanday xususiyatlari o‘zgartiriladi?
6. Tasvirning darajalarini qanday o‘zgartirish mumkin?
7. Tasvirning ranglari qanday akslantiriladi?
8. Kulrang yoki rangli tasvirlar oq-qora rangga qanday o‘zgartiriladi?
9. Ranglar balansi sozlamalari qanday qo‘llaniladi?
10. Tasvirning ranglar balansini Photo Filter sozlamasi yordamida qanday
o‘zgartirib olinadi?
11. Ton o‘zgartirishning tez usullari tog‘risida ma’lumot bering.
TASVIRNI O‘ZGARTIRISH
Obyektlarni o‘zgartirish
O‘zgartirish deganda tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish, uni aylantirish,
qiyshaytirish,
cho‘zish
yoki
deformatsiyalash
tushiniladi.
O‘zgartirishni
belgilanishga, bitta qavatga, bir nechta qavatga yoki qavat maskasiga qo‘llash
mumkin. Bundan tashqari o‘zgartirishni yo‘lga, vektorli shaklga, vektorli maskaga
yoki belgilash chegarasiga qo‘llash mumkin. O‘zgartirish piksellarga qo‘llanilganda
tasvirning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zgartirish qilishdan oldin o‘zgartiriladigan element belgilanadi so‘ng
o‘zgartirish komandasi tanlanadi. O‘zgartirishni qo‘llashdan oldin bir nechta
o‘zgartirishlarni amalga oshirib olish mumkin. Masalan, elementning birinchi
o‘lchamini o‘zgartish, keyin uni qiyshaytirish mumkin. Klaviaturaning
Enter
tugmasini bosib bajarilgan ikkita o‘zgartirish qo‘llaniladi.
O‘zgartirish komandalari dasturning
Edit
menyusi
Transform
bo‘limida
joylashgan va quyidagilardan iborat:
116
-
Scale
– elementning o‘lchamini o‘zgartirish. Elementning o‘lchamini
gorizontal, vertikal yoki bir vaqtda ham gorizontal ham vertikal o‘zgartirish
mumkin;
-
Rotate
– elementni belgilangan nuqta atrofida aylantirish;
-
Skew
– elementni vertikal yoki gorizontal og‘dirish;
-
Distort
– elementni barcha yo‘nalish bo‘yicha cho‘zish;
-
Perspective
– element perspektivasini o‘zgartirish;
-
Warp
– element shaklini deformatsiyalash;
-
Rotate 180, Rotate 90 CW, Rotate 90 CCW
– elementni belgilangan darajada
soat yo‘nalishi yoki soatning qarshi yo‘nalishiga bo‘yicha aynaltiradi;
-
Flip
– elementni vertikal yoki gorizontal akslantirish.
O‘zgartirish uchun element quyidagicha tanlanadi:
- butun qavatni o‘zgartirish uchun qavatni faollashtirish va boshqa xech narsa
belgilanmaganligiga ishonch hosil qilish;
- qavatning bir qismini o‘zgartirish uchun qavatni qavatlar panelidan tanlab
qavatdagi tasvirning kerakli qismini belgilash;
- bir nechta qavatlarni o‘zgartirish uchun qavatlar panelida qavatlarni bog‘lash
yorliqlarini belgilab chiqish yoki klaviaturaning
Ctrl
tugmasini bosib turgan
holda kerakli qavatlarni tanlash;
- qavat yoki vektor maskasini o‘zgartirish uchun maska bog‘lanishi o‘chiriladi
va qavatlar panelidan maska yorlig‘i tanlanadi;
- yo‘l yoki vektorli shaklni o‘zgartirish uchun uskunalar panelidagi yo‘lni
tanlash uskunasi
bilan butun yo‘lni tanlash yoki to‘gridan to‘g‘ri uskunasi
bilan yo‘lning bir qismini tanlash;
- belgilash chegarasini o‘zgartirish uchun belgilanish hosil qilinadi va
dasturning
Select
menyusidan
Transform Selection
buyruq qatori tanlanadi.
Barcha o‘zgartirishlar nisbiy nuqta deb nomlanuvchi belgilangan nuqta atrofida
amalga oshiriladi. Odatda nisbiy nuqta o‘zgartiriladigan elementning markazida
joylashadi:
117
Dasturning xususiyatlar panelida joylashgan nisbiy nuqta boshqaruvchisi
yordamida nisbiy nuqtaning joylashishini o‘zgartirib olish mumkin. Buning uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. O‘zgartirilishi kerak bo‘lgan element tanlanadi;
2. Dasturning
Edit
menyusi
Transform
bo‘limidan kerakli o‘zgartirish buyrug‘I
tanlanadi;
3. Quyidagilardan birini bajarish kerak:
- Dasturning xususiyatlar panelidan nisbiy nuqta boshqaruvchisini
faollashtirib boshqaruvchining kerakli joyini belgilab nisbiy niqtani elementning
ushbu joyiga ko‘chirib olish mumkin. Masalan, boshqaruvchini quyidagicha
belgilansa elementning nisbiy nuqtasi quyidagi ko‘rinishga o‘zgaradi:
- Elementning nisbiy nuqtasini
sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab ixtiyoriy
joyga siljitish mumkin.
O‘zgartirishlarni qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. O‘zgartiriladigan element tanlanadi;
2. Dasturning
Edit
menyusi
Transform
bo‘limidan
Scale
,
Rotate
,
Skew
,
Distort
,
Perspective
yoki
Warp
buyruq qatorlaridan biri tanlanadi. Natijada element atrofida
boshqarish to‘rtburchaklari aks ettiriladi:
118
3. Zarurat bo‘lsa dasturning xususiyatlar panelidan nisbiy nuqta boshqaruvchisi
yordamida nisbiy nuqta joylashishi o‘zgartirib olinadi;
4. Quyidagilardan biri bajariladi:
-
Scale
buyruq
qatori
tanlangan
bo‘lsa
elementning boshqarish
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element o‘lchami o‘zgartiriladi.
Klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib turgan holda bajarilsa elementning o‘lcham
nisbiyligi saqlanadi:
-
Rotate
buyruq qatori tanlangan bo‘lsa sichqon ko‘rsatkichini element
boshqarish to‘rtburchaklari tashqarisiga joylanadi va aylantiriladi. Bunda sichqon
ko‘rsatkichi egri, ikki taraflama ko‘rsatkich ko‘rinishiga o‘zgaradi. Klaviaturaning
Shift
tugmasi bosib turgan holda bajarsa element bir vaqtda 15
⸰
burchakka aylanadi:
-
Skew
buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning yon boshqarish
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element yonboshga og‘diriladi:
119
-
Distort
buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning burchak boshqarish
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element deformatsiyalanadi:
-
Perspective
buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning burchak boshqarish
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element perspektivasi
o‘zgartiriladi:
-
Warp
buyruq qatori tanlangan bo‘lsa dasturning xususiyatlar panelidan
deformatsiya stilini tanlash yoki deformatsion chiziqlar yoki maydonlarni ixtiyoriy
siljitish kerak bo‘ladi:
120
5. Zarurat bo‘lsa bir-nechta o‘zgartirishlarni ketma-ket bajarib keyin elementga
qo‘llash mumkin bo‘ladi;
6. Barcha o‘zgarishlar bajarib bo‘linganidan so‘ng ularni qo‘llash uchun
klaviaturaning
Enter
tugmasini yoki dasturning xususiyatlar panelidan
tugmasini
bosish kerak. O‘zgarishlarni bekor qilish uchun klaviaturaning
Esc
tugmasini yoki
dasturning xususiyatlar panelidan
tugmasini bosish kerak.
Belgilangan elementni aniq darajaga aylantirish yoki akslantirish imkoniyati
mavjud. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. O‘zgartiriladigan element tanlanadi;
2. Dasturning
Edit
menyusi
Transform
bo‘limidan quyidagi buyruqlarni tanlash
mumkin:
-
Rotate
buyrug‘ini tanlab dasturning xususiyatlar panelidan oylanish
burchagini belgilash kerak;
-
Rotate 180
⸰
buyrug‘i elementni 180
⸰
ga aylantiradi;
-
Rotate 90
⸰
CW
buyrug‘i elementni soat bo‘ylab 90
⸰
ga aylantiradi;
-
Rotate 90
⸰
CCW
buyrug‘i elementni soatga qarshi 90
⸰
ga aylantiradi;
-
Flip Horizontal
elementni vertikal o‘q boylan akslantiradi;
-
Flip Vertical
elementni gorizontal o‘q bo‘ylab akslantiradi.
Bajarilgan o‘zgartirishni qayta bajarish uchun dasturning
Edit
menyusi
Transform
bo‘limidan
Again
buyruq qatorini,
Edit
menyusi
Transform Path
bo‘limidan
Again
buyruq qatorini yoki
Edit
menyusi
Transform Points
bo‘limidan
Again
buyruq qatorini tanlash mumkin.
|