112
Dasturning
Threshold
buyrug‘i kulrang yoki rangli tasvirlarni yuqori kontrastli
oq-qora tasvirga o‘giradi. O‘girish jarayonida uning chegarasini belgilash mumkin.
Chegara qiymatidan yorug‘roq bo‘lgan
barcha piksellar oq rangga, chegar
qiymatidan qoraroq bo‘lgan barcha piksellar qora rangga o‘zgaradi.
Kulrang yoki rangli tasvirni oq-qora rangga o‘girish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan oq-qora ragga o‘girish
yorlig‘ini bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
New Adjustment Layer
bo‘limidan
Threshold
buyruq qatorini tanlash kerak;
2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan o‘girish
chegarasini belgilash
uchun slayderni siljitish kerak.
Quyida o‘girish chegarasining qiymati 128 teng bo‘lgan o‘girish ko‘rsatilgan:
Photoshop dasturining
Gradient Map
sozlamasi belgilangan gradiyent
ranglarini tasvirning kulrang qiymatlariga biriktiradi. Agar gradiyent ikkita rangdan
tashkil topgan bo‘lsa tasvirning soya ranglari
gradiyentning birinchi rangiga,
tasvirning yorug‘lik ranglari gradiyentning ikkinchi rangiga biriktiriladi.
Tasvirga
Gradient Map
sozlamasini qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
113
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan
Gradient Map
yorlig‘ini
bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
New Adjustment Layer
bo‘limidan
Gradient
Map
buyruq qatorini tanlash kerak;
2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan kerakli gradiyent tanlab olinadi:
3. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan quyidagi
elementlarni tanlash
mumkin:
Dither
– tasodifiy shovqin qo‘shib gradiyent to‘ldirilishni silliqlaydi;
Reverse
– gradiyent to‘ldirilishning yo‘nalishini akslantiradi.
Quyida
Gradient Map
sozlamasida ikkita rangli gradiyent qo‘llanilgan tasvir
ko‘rsatilgan: