104
7. O‘xshash rang piksellarini tanlashda qaysi uskunasidan foydalanish
mumkin?
8. Joriy belgilanishni ma’lum bir pikselga kengaytirish yoki o‘zgartirish
uchun nima qilish kerak?
9. Tanlanishni mavjud tanlanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yich uchun nima
qilish kerak?
10. Nusxa olish va qo‘yish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot bering.
TASVIRNI SOZLASH
Perspektrivani o‘zgartirish
Photoshop dasturi tasvirning perspektivasini o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Tasvirda to‘g‘ri chiziqlar va silliq yuzalar,
masalan binoning tasviri, mavjud
bo‘lganda ushbu funksiya ayniqsa foydali xisoblanadi.
Ushbu funksiya har xil
perspektivaga ega tasvirlarni bitta tasvirga birlashtirilganida qo‘llanilishi mumkin.
Ba’zan obyektning tasvirdagi ko‘rinishi uning real xayotdagi ko‘rinishidan
farqlanishi mumkin. Bunday farqlanishning sababi perspektivaning o‘zgarishida.
Bir xil obyektning turli masofa va burchakdan olingan tasvirlari har xil
perspektivaga ega bo‘ladi.
Perspektivani o‘zgartirishdan oldin tasvirdagi obyektning
yuzalarini aniqlab
olish kerak bo‘ladi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Photoshop dasturida tasvirni ochish;
2.
Dasturning
Edit
menyusi
Perspective Wrap
buyruq qatorini tanlash orqali
obyekt yuzalarini tanlash rejimiga o‘tish;
3. Obyektning bir yoki bir nechta yuzalari bo‘ylab
perspektiva maydonlarini
chizish kerak:
- bitta perspektiva maydonini belgilash:
105
- ikkita bog‘langan perspektiva maydonini belgilash:
Dasturning xususiyatlar panelidan
Warp
tugmasini
bosib yuzani tanlash
rejimidan perspektivani o‘zgartirish rejimiga o‘tiladi va obyektning belgilangan
yuzalarini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi:
Belgilangan perspektiva maydoni quyidagi ko‘rinishga o‘zgaradi:
Obyektning yuzasini quyidagicha o‘zgartirish mumkin:
- belgilangan perspektiva maydonning burchaklaridagi
doiralarni ushlab
siljitish:
- klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib turgan holda
belgilangan perspektiva
maydonning tomonini sichqon ko‘rsakichi bilan bosish orqali to‘g‘irlab olish va
keyingi o‘zgartirishlar davomida to‘g‘ri saqlash mumkin:
106
- dasturning xususiyatlar menyusida joylashgan
- vertikal chiziqlar bo‘ylab
avtomatik to‘g‘irlash,
- gorizontal chiziqlar bo‘ylab avtomatik to‘g‘irlash yoki
- vertikal va gorizontal chiziqlar bo‘ylab avtomatik to‘g‘irlash mumkin;
Obyektning
perspektivasi
to‘g‘irlanib
bo‘linganidan
so‘ng
barcha
o‘zgarishlarni tasvirga qo‘llash
uchun klaviaturaning
Enter
tugmasini yoki
dasturning xususiyatlar panelidan
tugmasini bosish kerak.