96
Polygonal Lasso
uskunasi yordamida belgilanishlarni
quyidagicha bajarish
mumkin:
1. Uskunalar panelidan
Polygonal
Lasso
uskunasi tanlanadi;
2. Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi:
yangi belgilash,
mavjud belgilanishga qo‘shish,
mavjud belgilanishdan
ayirish,
mavjud belgilanish bilan umumiysini olish;
3. Dasturning xususiyatlar panelidan belgilanish chegarasi aniqlik va silliqlik
darajasi belgilanadi;
4. Sichqon tugmasini bosib belgilanish chegarasining
boshi belgilanadi,
belgilanish chegarasining navbatdagi nuqtasida sichqon ko‘rsatkichini bosib
belgilanish davom ettiriladi. Oxirgi chizilgan chegara chizig‘ini o‘chirish
uchun
klaviaturaning
Delete
tugmasi bosiladi;
5. Belgilanish maydoni
chegarasini yopish uchun
Polygonal
Lasso
uskunasi
ko‘rsatkichini belgilanish chegarasi boshiga qo‘yib sichqon tugmasi bosish, uskuna
ko‘rsatkichi belgilanish chegarasi boshi ustida bo‘lmasa sichqon tugmasini ikki
marta bosish yoki klaviaturaning
Ctrl
tugmasini
bosib turgan holda sichqon
tugmasini bir marta bosish kerak.
Magnetic Lasso
uskunasi kompleks chegaraga ega va chegarasi yuqori
kontrastli fondagi obyektlarni tez belgilash imkoniyatiga ega.
Magnetic Lasso
uskunasini qo‘llanilganda belgilanish chegarasi avtomatik ravishda obyekt
chegarasiga yopishib qoladi.
Magnetic Lasso
uskunasi yordamida belgilanishlarni quyidagicha bajarish
mumkin:
97
1. Uskunalar panelidan
Magnetic
Lasso
uskunasi tanlanadi va dasturning
xususiyatlar panelidan belgilanish chegarasi aniqlik
va silliqlik darajalari
belgilanadi;
2. Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi:
yangi belgilash,
mavjud belgilanishga qo‘shish,
mavjud belgilanishdan
ayirish,
mavjud belgilanish bilan umumiysini olish;
3. Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi
elementlarning qiymati
belgilanadi:
-
Width
– belgilanish chegarasini aniqlash masofasini belgilaydi.
Magnetic
Lasso
uskunasi obyekt chegarasini uskuna ko‘rsatkichidan belgilangan masofada
aniqlaydi;
-
Contrast
-
Magnetic Lasso
uskunasining tasvir chegarasini aniqlash sezgirlik
darajasini belgilaydi;
-
Frequency
-
Magnetic Lasso
uskunasi belgilash nuqtalarini qo‘yish oralig‘ini
belgilaydi;
4. Sichqon tugmasini bosib belgilanish chegarasining boshi belgilanadi;
5. Sichqon tugmasini qo‘yib yuborib yoki bosib turgan holda
Magnetic Lasso
uskunasi ko‘rsatkichini obyekt chegarasi bo‘ylab yurgiziladi;
6. Belgilash davomida boshqa
Lasso
uskunalariga vaqtincha o‘tish uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
-
Lasso
uskunasini faollashtirish uchun klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib
turgan holda sichqon tugmasini bosib obyekt chegarasi bo‘ylab yurgiziladi;
-
Polygonal Lasso
uskunasini faollashtirish uchun klaviaturaning
Alt
tugmasini
bosib turgan holda sichqon tugmasini belgilanish chegarasi bo‘ylab bosib chiqiladi;
7. Belgilanish maydoni chegarasini yopish uchun sichqon tugmasini ikki marta
bosish, klaviaturaning
Enter
tugmasini bosish yoki uskuna ko‘rsatkichini belgilanish
chegarasi boshiga qo‘yib sichqon tugmasi bosish kerak.