86
- qavatlar panelida qavat yoki qavatlar gurihining nomi ustiga sochqon
ko‘rsatkichini joylashtirib ikki marta bosib yangi nom kiritiladi va klaviaturaning
Enter
tugmasi bosiladi;
- qavatlar panelida qavat
yoki qavatlar guruhi tanlanadi,
dasturning
Layer
menyusidan
Rename Layer
yoki
Rename Group
buyruq qatorlari tanlanadi. Qavat
yoki qavatlar guruhining yangi nomi kiritiladi va klaviaturaning
Enter
tugmasi
bosiladi.
Qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhining rangini o‘zgartirish
uchun
qavat yoki qavatlar guruhi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi
bosiladi va ochilgan kontekst menyusidan kerakli rang (qizil, qovoqrang, sariq,
yashil, moviy, siyoxrang, kulrang) tanlab olinadi.
Vektorli ma’lumotlarga ega qavatlarda chizish uskunalarini yoki filtrlarni
qo‘llab bo‘lmaydi. Buning uchun ushbu qavatlarni rasterlash kerak bo‘ladi. Vektorli
ma’lumotlar mavjud qavatlarni rasterlash uchun dasturning
Layer
menyusi
Rasterize
bo‘limidan quyidagi buyruq qatorlarini tanlash mumkin:
-
Type
– matn qavatida matnlarni rasterlaydi.
Qavatdagi boshqa vektorli
ma’lumotlarni rasterlamaydi;
-
Shape
– shakl qavatini rasterlaydi;
-
Fill Content
– shakl qavatining to‘ldiruvchisini rasterlaydi. Vektorli maska
rasterlanmaydi;
-
Vector Mask
– qavatdagi vektorli maskani rasterlaydi va uni qavat maskasiga
o‘zgartiradi;
-
Smart Object
- Smart Object elementini rasterli qavatga o‘zgartiradi;
-
Video
– joriy video kadrni rasterlab tasvir qavatini hosil qiladi;
-
3D
– uch o‘lchamli obyektning joriy ko‘rinishini rasterlab ikki o‘lchamli
qavat hosil qiladi;
-
Layer
– belgilangan qavatdagi barcha vektorli ma’lumotlarni rasterlaydi;
-
All Layers
– vektorli ma’lumotga ega barcha qavatlarni rasterlaydi.
Belgilangan qavat yoki qavatlar guruhini o‘chirish uchun quyidagilardan birini
bajarish kerak:
87
- tasdiqlovchi xabar bilan o‘chirish uchun qavatlar panelidan o‘chirish
tugmasini bosish kerak; dasturning
Layer
menyusi
Delete
bo‘limidan
Layer
yoki
Group
buyruq qatorlarini tanlash kerak; qavatlar panelining menyusidan
Delete
Layer
yoki
Delete Group
buyruq qatorlarini tanlash kerak;
- tasdiqlovchi xabarsiz o‘chirish uchun qavat yoki
qavatlar guruhini sichqon
ko‘rsatkichi bilan ushlab qavatlar panelidagi o‘chirish
tugmasi ustiga qo‘yish
kerak; klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidagi o‘chirish
tugmasi bosish kerak; klaviaturaning
Delete
tugmasini bosish kerak;
- yashirilgan qavatlarni o‘chirish uchun dasturning
Layer
menyusi
Delete
bo‘limidan
Hidden Layers
buyruq qatorini tanlash kerak.
Barcha qavatlarni yoki barcha ko‘rinuvchi qavatlarni alohida faylga eksport
qilish uchun
File
menyusi
Scripts
bo‘limidan
Export Layers To Files
buyruq qatorini
tanlash kerak.
Qavatlar bilan ishlab bo‘lingandan so‘ng tasvir faylining hajmini kamaytirish
uchun qavatlarni birlashtirish mumkin. Qavatlar
birlashtirilganda yuqorida
joylashgan qavatning ma’lumotlari uning ostidagi qavat ma’lumotlarini
almashtiradi. Birlashtiriladigan qavatlarning umumiy shaffof maydonlari
shaffofligini saqlab qoladi.
Ikkita qavat yoki qavatlar guruhini birlashtirish uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan qavatlar aks ettirilganligiga ishonch hosil qilish
kerak;
2. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan qavatlar yoki qavat guruhlarini tanlash kerak;
3. Dasturning
Layer
menyusidan
Merge Layers
buyruq qatorini tanlash kerak.
Barcha aks ettirilgan qavatlarni birlashtirish
uchun qavatlar panelining
menyusidan
Merge Visible
buyruq qatorini tanlash kerak.
Photoshop dasturida qavatlarni saqlagan holda ularni birlashtirib yangi qavat
hosil qilish mumkin. Buning uchun muxrlash jarayonidan foydalanish mumkin. Bir
88
nechta qavatlar muxrlanganida qavatlarning ma’lumotlarini birlashtiruvchi yangi
qavat hosil qilinadi.
Bir nechta qavatni muxrlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Muxrlanadigan qavatlar tanlanadi;
2. Klaviaturadan
Ctrl+Alt+E
tugmalar kombinatsiyasi bosiladi.
Barcha aks ettirilgan qavatlarni muxrlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan barcha qavatlarni aks ettirilganligiga ishonch
hosil qilish kerak;
2. Klaviaturadan
Shift+Ctrl+Alt+E
tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak.