Qavatlarga vektorli maska qo‘yish




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/74
Sana13.06.2024
Hajmi2,91 Mb.
#263154
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Qavatlarga vektorli maska qo‘yish 
Vektorli maska piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmagan qavatning kontentini 
qirqib oluvchi yo‘l xisoblanadi. Vektorli maskalar pero yoki shakl uskunalari 
yordamida yaratiladi. 
Butun qavatni yashiruvchi yoki aks ettiruvchi vektorli maska qo‘shish uchun 
qavatlar panelida kerakli qavatni tanlanadi va quyidagilardan birini bajarish kerak: 
- butun qavatni aks ettiruvchi vektorli maskani qo‘shish uchun dasturning 
Layer
menyusi 
Vector Mask
bo‘limidan 
Reveal All
buyruq qatorini tanlash kerak; 
- butun qavatni yashiruvchi vektorli maskani qo‘shish uchun dasturning 
Layer
menyusi 
Vector Mask
bo‘limidan 
Hide All
buyruq qatorini tanlash kerak. 
Shakl ko‘rinishidagi vektorli maska qo‘shish uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 
1. Qavatlar panelidan vektorli maska qo‘yilishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi; 
2. Yo‘l chizish uchun pero yoki shakl uskunalaridan foydalanish kerak. Shakl 
uskunasi yordamida yo‘l chizish uchun shakl uskunasini tanlab dasturning 
xususiyatlar panelining ochiluvchi menyusidan 
Path
qiymatini tanlash kerak: 
3. Dasturning 
Layer
menyusi 
Vector Mask
bo‘limidan 
Current Path
buyruq 
qatorini tanlash kerak. 
Vektorli maskaning shaffoflik va chegaralarining aniqlik darajalarini 
o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Qavatlar panelida vektorli maska qo‘yilgan qavat tanlanadi; 
2. Vektorli maska yorlig‘i tanlanadi, natijada uning atrofida oq chegara paydo 
bo‘ladi; 
3. Maskaning shaffoflik darajasini o‘zgartirish uchun panellar bo‘limidagi 
xususiyatlar panelidan 
Density
slayder qiymatini o‘zgartirish kerak. Maska 
chegarasining aniqlilik darajasini o‘zgartirish uchun 
Feather
slayder qiymatini 
o‘zgartirish kerak. 


85
Quyida 
Density
slayderining qiymati 100% ga va 
Feather
slayderining qiymati 
0 px ga teng vektorli maska (a), 
Density
slayderining qiymati 50% ga va 
Feather
slayderining qiymati 10 px ga teng vektorli maska (b) va 
Density
slayderining 
qiymati 100% ga va 
Feather
slayderining qiymati 10 px ga teng vektorli maska (c) 
ko‘rsatilgan: 
Vektorli maskani o‘chirish uchun qavatlar panelida vektorli maska qo‘yilgan 
qavatning vektorli maska yorlig‘i tanlanadi va panellar bo‘limidagi xususiyatlar 
panelining pastki qismida joylashgan maskani o‘chirish 
tugmasini bosish kerak. 
Vektorli maskani qavat maskasiga o‘zgartirish uchun qavatlar panelidan 
vektorli maska qo‘yilgan qavat tanlanadi va dasturning 
Layer
menyusi 
Rasyerize
bo‘limidan 
Vector Mask
buyruq qatorini tanlash kerak. Ushbu jarayon bir 
tomonlama bo‘lib vektorli maskani qavat maskasiga o‘zgartirgandan so‘ng maskani 
qayta vektorli maskaga o‘zgartirib bo‘lmaydi. 

Download 2,91 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish