89
A - qavat effektlari yorlig‘i, B - qavat effektlarini aks ettirish/yashirish, C –
qavat effektlari
Stillar andozalari stillar panelidan qo‘yiladi.
Photoshop dasturida stillar
andozalari qo‘llanilish maqsadiga qarab bibliotekalarga guruhlangan. Stillar
panelini aks ettirish uchun dasturning
Window
menyusidan
Styles
buyruq qatorini
tanlash kerak. Odatda, qavatga stillar andozasi qo‘llanilganda qavatning joriy stili
yangisiga almashtiriladi. Qavatga stillar andozasini qo‘llash uchun quyidagilardan
birini bajarish kerak:
- qavatlar panelidan qavatni tanlab stillar panelidan kerakli stillar andozasini
tanlash kerak;
- stillar panelidagi stillar andizasini sichqon tugmasi
bilan ushlab qavatlar
panelidagi kerakli qavat ustiga qo‘yish kerak;
- stillar panelidagi stillar andizasini sichqon tugmasi bilan ushlab ish sohasida
kerakli qavat kontenti ustiga qo‘yish kerak;
- dasturning
Layer
menyusi
Layer Style
bo‘limi
Blending Options
buyruq qatori
tanlanadi. Ochilgan dialog oynasining chap qismida joylashgan
Styles
bo‘limidan
kerakli stillar andizasi tanlanadi.
Qavatga qo‘yilgan effektlarni boshqa qavatga qo‘llash uchun quyidagilarni
bajarish mumkin:
- qavatlar panelida klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda qo‘yilgan
effektlarni sichqon tugmasi bilan ushlab boshqa qavatga nusxasini qo‘yish;
- qavatlar panelida qo‘yilgan effektlarni sichqon tugmasi bilan ushlab boshqa
qavatga ko‘chirish.
A
B
C
90
Yangi stilni yaratish va qo‘llanilgan stillarni tahrirlash uchun dasturning qavat
stili dialog oynasidan foydalanish mumkin.
Dialog oynasini ochish uchun qavatlar panelidan effekt qo‘yiladigan qavatni
tanlab dasturning
Layer
menyusi
Layer Style
bo‘limidan tegishli effekt nomli buyruq
qatorini tanlash yoki qavatlar panelidan effekt qo‘yilgan qavatning effekt nomi yoki
effekt yorlig‘i ustiga sichqon ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosish kerak.
Qavat stili dialog oynasi yordamida quyidagi
effektlardan bir yoki bir
nechtasini qo‘llab ixtiyoriy stillarni yaratib olish mumkin:
1.
Drop Shadow
– qavat kontentining orqasiga soya tushirish:
2.
Inner Shadow
– qavat kontentining chegarasi ichiga soya tushirish:
92
7.
Stroke
– qavat obyektining chegarasini rang, gradiyent yoki andoza bilan
ajratadi:
Photoshop dasturida qavatga qo‘llanilgan stilning
nusxasini olib boshqa
qavatga qo‘yish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelida stilining nusxasi olinishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi;
2. Dasturning
Layer
menyusi
Layer Style
bo‘limidan
Copy Layer Style
buyruq
qatori tanlanadi;
3. Qavatlar panelida stilning nusxasi qo‘yilishi kerak bo‘lgan kerakli qavat
tanlanadi va dasturning
Layer
menyusi
Layer Style
bo‘limidan
Paste Layer Style
buyruq qatori tanlanadi.
Qavatga qo‘llanilgan stildan biror bir effektni yoki qavatga qo‘llanilgan stilni
o‘chirish mumkin. Stildan biror bir effektni o‘chirish uchun qavatlar panelida ushbu
stilni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab panelning o‘chirish
tugmasi ustiga
qo‘yish kerak. Qavatga qo‘llanilgan stilni o‘chirish uchun qavatlar panelida ushbu
qavatni tanlab quyidagilardan birini bajarish kerak:
- qavatlar panelida
Effects
stil elementini sichqon ko‘rsatkichi
bilan ushlab
panelning o‘chirish
tugmasi ustiga qo‘yish;
- dasturning
Layer
menyusi
Layer Style
bo‘limidan
Clear Layer Style
buyruq
qatorini tanlash;
93
- qavatni tanlab stillar panelidan stilni tozalash
tugmasini bosish.