• BELGILASHLAR Belgilash
  • Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 2,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/74
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,91 Mb.
    #263154
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

     Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1. Photoshop dasturida qavat deganda nima tushiniladi? 
    2. Qavat kontenti deganda nima tushiniladi? 
    3. Qavatlar panelida nimalar aks ettiriladi? 
    4. Qavatlar paneli qanday aks ettiriladi? 
    5. Orqa fon qavatini oddiy fon qavatiga qanday o‘zgartiriladi? 
    6. Qavatni boshqa tasvirga qanday dublikat qilinadi? 
    7. Qavatlar guruhi deganda nima tushiniladi? 
    8. Mavjud fayl yordamida qavat qanday yaratiladi? 
    9. Tasvirdagi belgilangan maydonni qanday qavatga aylantirish mumkin? 
    10. Qavatlar guruhiga qavat qanday qo‘shiladi? 
    11. Qavatlarni bog‘lashning asosiy maqsadi nima? 
    12. Qavatlar qanday bog‘lanadi? 
    13. Qavat maskalari vektorli maskalardan qanday farq qiladi? 
    14. Qavatlarning joylashish ketma-ketligini o‘zgartirish uchun qanday amallar 
    bajarish kerak? 
    15. Qavat qanday aylantiriladi? 
    16. Shakl ko‘rinishidagi vektorli maska qanday qo‘yiladi? 
    17. Qavatlar qanday birlashtiriladi? 
    18. Qavatga qo‘llanilgan stilning nusxasi qanday olinadi? 
    19. Qavat effektlari to‘g‘risida ma’lumot bering. 
    20. Qavatga stil andozalarini qo‘llash to‘g‘risida ma’lumot bering. 
    BELGILASHLAR 
    Belgilash 
    Belgilash orqali tasvirning bir yoki bir nechta maydonlarini ajratib olinadi. 
    Ma’lum maydonlarni belgilash orqali tasvirning boshqa joylariga ta’sir 
    ko‘rsatmagan holda belgilangan maydonni tahrirlash, effekt va filtrlar qo‘yish 
    mumkin. 


    94
    Ish sohasi chegarasi doirasidagi qavatning barcha piksellarni belgilash uchun 
    qavatlar panelidan kerakli qavatni tanlab dasturning 
    Select
    menyusidan 
    All
    buyruq 
    qatorini tanlash kerak. Mavjud belgilanishni bekor qilish uchun dasturning 
    Select
    menyusidan 
    Deselect
    buyruq qatorini tanlash kerak. Oxirgi belgilanishni takrorlash 
    uchun dasturning 
    Select
    menyusidan 
    Reselect
    buyruq qatorini tanlash kerak. 

    Download 2,91 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




    Download 2,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar

    Download 2,91 Mb.
    Pdf ko'rish