|
Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop ccBog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMADarajalarni o‘zgartirish
Darajalar panelida soya, o‘rta tonlar va yorug‘lik qiymatlarini o‘zgartirish
orqali tasvirning ton chegarasi va ranglar balansini o‘zgartirib olish mumkin.
Darajalar panelidagi gistogramma tasvirning asosiy tonlarini o‘zgartirish uchun
ko‘rgazmali yo‘riq xisoblanadi. Darajalar paneli quyidagi ko‘rinishga ega:
A – soya, B – o‘rta ton, C – yorug‘lik
Paneldagi
A
va
C
slayderlari qora va oq nuqtalarga bog‘langan bo‘lib odatda
A
slayderining qiymati 0 ga (bu yerda piksellar qora rangda),
C
slayderining qiymati
A
B
C
109
255 ga (bu yerda piksellar oq rangda) teng. Paneldagi o‘rta slayder
B
tasvirdagi
gammani sozlaydi. Paneldagi o‘rta ton slayderi soya va yorug‘lik qiymatlariga katta
ta’sir ko‘rsatmagan holda kulrang tonlarining darajasini o‘zgartiradi.
Tasvirning darajalarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar yorlig‘ini
bosish
yoki dasturning
Layer
menyusi
New Adjustment Layer
bo‘limidan
Levels
buyruq
qatorini tanlab ochilgan dialog oynasidan
OK
tugmasini bosish kerak;
2. Tasvirning soya va yorug‘lik darajalarini o‘zgartirish uchun darajalar
panelidan chap va o‘ng slayderlarini gistogrammaning chetlariga siljitish kerak:
3. O‘rta tonlarni o‘zgartirish uchun o‘rta slayderni gistogramma bo‘ylab
siljitish kerak. O‘rta slayderni chap tomonga siljitish tasvir yorug‘ligini oshiradi,
o‘ng tomonga siljitish tasvirni qorong‘ilashtiradi.
Ton o‘zgarishlarini tez bajarish
Auto Contrast
buyrug‘i yordamida tasvirning kontrastini avtomatik sozlab
olish mumkin. Buyruq yordamida tasvirning soya darajasi toza qora (0 qiymat) va
yorug‘lik darajasi toza oq (255 qiymat) ranglarga tenglashtiradi. Natijada tasvirning
yorug‘lik darajalari yorqinroq, soya darajasi qoraroq ko‘rinishga o‘zgaradi.
Tasvirga
Auto Contrast
buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin:
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar
yoki egriliklar
yorliqlarini bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
New Adjustment Layer
bo‘limidan
Levels
yoki
Curves
buyruq qatorlarini tanlash kerak;
2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning
Alt
tugmasini
bosib turgan holda
Auto
tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi
ochiladi:
110
3. Dialog oynasining
Algorithms
bo‘limidan
Enhance Monochromatic
Contrast
elementi belgilanadi;
4. Dialog oynasining
Target Colors & Clipping
bo‘limidan soya (
Shadows
) va
yorug‘lik (
Highlights
) ranglari belgilanadi;
5. Dialog oynasining
OK
tugmasi bosiladi.
Auto Color
buyrug‘i tasvirning kontrasti va rangini avtomatik sozlash
imkoniyatini beradi. Tasvirga
Auto Color
buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin:
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar
yoki egriliklar
yorliqlarini bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
New Adjustment Layer
bo‘limidan
Levels
yoki
Curves
buyruq qatorlarini tanlash kerak;
2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning
Alt
tugmasini
bosib turgan holda
Auto
tugmasini bosish kerak;
3. Natijada ochilgan dialog oynasining
Algorithms
bo‘limidan
Find Dark &
Light Colors
va
Snap Neutral Midtones
elementlarini belgilash kerak;
4. Dialog oynasining
Target Colors & Clipping
bo‘limidan soya va yorug‘lik
ranglari belgilanadi va o‘rta ton uchun maqsad rangi tanlanadi;
5. Dialog oynasining
OK
tugmasi bosiladi:
|
| |