Belgilangan piksellarni ko‘chirish, nusxasini olish va o‘chirish




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/74
Sana13.06.2024
Hajmi2,91 Mb.
#263154
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Belgilangan piksellarni ko‘chirish, nusxasini olish va o‘chirish 
Tasvirning belgilangan maydonini siljitish uchun uskunalar panelidan siljitish 
uskunasi 
tanlanadi va belgilanish ichiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib 
sichqon tugmasini bosib turgan holda maydon siljitiladi: 
Photoshop dasturida nusxa olish va qo‘yish quyidagi ko‘rinishda amalga 
oshirilishi mumkin: 

Copy
– faol qavatning belgilangan maydoni nusxasini ko‘chiradi; 

Copy Merged
– barcha aks ettirilgan qavatlarning belgilangan maydonining 
birlashtirilgan nusxasini ko‘chiradi; 

Paste
– nusxasi olingan maydonni tasvirning boshqa joyiga qo‘yish yoki 
boshqa tasvirga yangi qavat sifatida qo‘yadi; 

Paste In Place
– maqsad hujjatida belgilanishning manba hujjatda 
joylashishiga nisbatan bir xil joyga qo‘yadi; 


103

Paste Into
yoki 
Paste Outside
– belgilangan maydon nusxasini boshqa 
belgilanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yadi. 
Belgilangan maydonning nusxasini olish uchun belgilanishni amalga oshirib 
bo‘lgandan so‘ng dasturning 
Edit
menyusidan 
Copy
yoki 
Copy Merged
buyruq 
qatorini tanlash kerak. 
Bir tanlanishni boshqa tanlanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yish uchun 
quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Tasvirning kerakli maydonining nusxasi olinadi; 
2. Biror bir belgilash uskunasi yordamida tasvirda yangi belgilanish yaratiladi; 
3. Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish ichiga tushishi uchun dasturning 
Edit
menyusi 
Paste Special
bo‘limidan 
Paste Into
buyruq qatorini tanlash kerak; 
4. Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish tashqarisiga tushishi uchun 
dasturning 
Edit
menyusi 
Paste Special
bo‘limidan 
Paste Outside
buyruq qatorini 
tanlash kerak. 
Paste Into
va 
Paste Outside
buyruqlari tasvirga qavat va qavat maskasini 
qo‘shib beradi. 
Tasvirning belgilangan maydonini o‘chirish uchun dasturning 
Edit
menyusidan 
Clear
buyruq qatorini yoki klaviaturaning 
Backspace
yoki 
Delete
tugmasini bosish 
kerak. Orqa fon qavatida belgilangan maydon o‘chirilganda maydon rangi joriy 
tanlangan orqa fon rangiga o‘zgaradi. Oddiy qavatda belgilangan maydon 
o‘chirilganda maydon rangi shaffof ko‘rinishga o‘zgaradi. 

Download 2,91 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Belgilangan piksellarni ko‘chirish, nusxasini olish va o‘chirish

Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish