Maska qavatlari
Qavatga maska qo‘yish orqali ushbu qavatning qismini yashirib uning tagida
joylashgan qavatni aks ettirish mumkin. Photoshop dasturida ikki turdagi maskalarni
yaratib olish mumkin:
1. Qavat maskalari – piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lgan rastrli tasvir bo‘lib
chizish yoki tanlash uskunalari yordamida tahrirlanadi;
2. Vektorli maska – piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmay va pero yoki shakl
uskunalari yordamida yaratiladi.
Qavatlar panelida qavat va vektorli maskalar qavat yorlig‘iga qo‘shimcha
yorliq sifatida aks ettiriladi. Qavat maskasi uchun qo‘shimcha yorliq kulrang
diagramma ko‘rinishiga ega. Vektorli maska uchun qo‘shimcha yorliq maska
shaklida qavatdan qirqib olingan shakl ko‘rinishiga ega.
A – qavat maskasi, B – vektorli maska
Qavat va vektor maskalari qavatdagi tasvirni o‘zgartirmaydi va maskani
tahrirlash jarayoni qavatdagi piksellarni o‘zgartirmaydi.
Qavatga qavat maskasi qo‘yilganda qavatni butunlay yashirish yoki aks ettirish
mumkin. Keyinchalik maskaga chizib qavatning ma’lum joylarini yashirib qavat
ostidagi qavatni aks ettirish mumkin.
Butun qavatni yashiruvchi yoki aks ettiruvchi maskani qo‘yish uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. Tasvirning biro bir qismi belgilanmaganligiga ishonch hosil qilish uchun
dasturning
Select
menyusidan
Deselect
buyruq qatorini tanlash kerak;
A
B
78
2. Qavatlar panelidan qavat yoki qavatlar guruhi tanlanadi va quyidagilardan
biri bajariladi:
- butun qavatni aks ettiradigan maska yaratish uchun qavatlar panelidan qavat
maskasini qo‘shish
tugmasi bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
Layer Mask
bo‘limidan
Reveal All
buyruq qatorini tanlash kerak;
- butun qavatni yashiradigan maska yaratish uchun klaviaturaning
Atl
tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidan qavat maskasini qo‘shish
tugmasi bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
Layer Mask
bo‘limidan
Hide All
buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatning ma’lum qismini yashiruvchi maskani qo‘yish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat yoki qavatlar guruhi tanlanadi;
2. Tasvirning kerakli joyini belgilab quyidagilarning biri bajariladi:
- belgilangan maydonni aks ettiruvchi maskani yaratish uchun qavatlar
panelidan qavat maskasini yaratish
tugmasini bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
Layer Mask
bo‘limidan
Reveal Selection
buyruq qatorini tanlash kerak;
- belgilangan maydonni yashiruvchi maskani yaratish uchun klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidan qavat maskasini yaratish
tugmasini bosish yoki dasturning
Layer
menyusi
Layer Mask
bo‘limidan
Hide
Selection
buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatning shaffof maydoniga asosan maska yaratish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat tanlanadi;
2. Dasturning
Layer
menyusi
Layer Mask
bo‘limidan
From Transparency
buyruq qatorini tanlash kerak.
Natijada qavatning shaffof maydoni shaffofligini yo‘qotadi va yaratilgan
maska tomonidan yashiriladi.
Mavjud qavat maskasini boshqa qavatga olib o‘tish uchun quyidagilardan birini
bajarish kerak:
79
- mavjud maskani boshqa qavatga o‘tkazish uchun maskani sichqon
ko‘rsatkichi bilan ushlab kerakli qavat ustiga qo‘yish kerak;
- mavjud maskaning nusxasini boshqa qavatga o‘tkazish uchun klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda maskani sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab kerakli
qavat ustiga qo‘yish kerak.
Odatda, qavat yoki qavatlar guruhi uning qavat yoki vektor maskasiga
bog‘langan bo‘ladi. Bu bog‘lanish qavat yorlig‘i va maska yorlig‘i orasidagi
bog‘lanish belgisi
yordamida aks ettiriladi. Qavat yoki maskaning joyi
o‘zgartirilsa qavat bilan maskaning joyi bir xil o‘zgaradi. Qavat va maskaning
o‘rtasidagi bog‘lanish olib tashlansa qavat va maskaning joyini mustaqil ravishda
o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Qavat bilan maska o‘rtasidagi bog‘lanishni olib tashlash uchun sichqon
ko‘rsatkichi bilan qavat yorlig‘i va maska yorlig‘i orasidagi bog‘lanish belgisini
bosish kerak. Qavat bilan maska o‘rtasidagi bog‘lanishni qayta o‘rnatish uchun
sichqon ko‘rsatkichi bilan qavat yorlig‘i va maska yorlig‘i orasidagi sohaga bosish
kerak.
Qavat maskasini yashirish yoki aks ettirish uchun quyidagilardan birini bajarish
kerak:
- qavat maskasi joylashgan qavatni tanlab dasturning panellar bo‘limidagi
xususiyatlar panelining tagida joylashgan
tugmasini bosish kerak;
- klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichi bilan
qavatlar panelidagi qavat maskasi yorlig‘ini bosish kerak;
- qavatlar panelidan qavat maskasi qo‘yilgan qavat tanlanadi va dasturning
Layer
menyusi
Layer Mask
bo‘limidan
Disable
(yashirish uchun) yoki
Enable
(aks
ettirish uchun) buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavat maskasi yashirilganda qavat maskasining yorlig‘i ustiga qizil chizig‘
paydo bo‘ladi
va uning qavatidagi tasvir maskaning effektisiz, dastlabki
ko‘rinishda aks ettiriladi.
80
Qo‘yilgan qavat maskasi tufayli qavatning yashirilgan qismlarini butunlay
o‘chirib tashlash uchun qavat maskasini qo‘llash kerak bo‘ladi. Qavat maskasini
qo‘llash uchun qavatlar panelidan qavat maskasi qo‘yilgan qavatni tanlab dasturning
panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelining tagida joylashgan maskani qo‘llash
tugmasini bosish kerak.
Qavat maskasini tahrirlashni osonlashtirish uchun uni ish sohasida kulrang yoki
shaffof pushti rang ko‘rinishda aks ettirib olish mumkin. Buning uchun qavatlar
panelida quyidagilardan birini bajarish kerak:
- klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavat maskasining yorlig‘ini
bosish kerak. Natijada qavat maskasi ish sohasida kulrang ko‘rinishda aks ettiriladi;
- klaviaturaning
Alt+Shift
tugmalar kombinatsiyasini bosib turgan holda qavat
maskasining yorlig‘ini bosish kerak. Natijada, qavat maskasi shaffof pushti rangda
qavat ustida aks ettiriladi.
Belgilangan maskaning xususiyatlarini sozlash uchun panellar bo‘limidagi
xususiyatlar panelidan foydalanish mumkin. Ushbu paneldagi
Density
slayderi
maskaning shaffoflik darajasini
Feather
slayderi maskaning chegaralarini aniqlik
darajasini belgilaydi.
Maskaning shaffoflik darajasini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Qavatlar panelida tahrirlanishi kerak bo‘lgan maska joylashgan qavat
tanlanadi;
2. Maska yorlig‘ini sichqon ko‘rsatkichi bilan bir marta bosiladi. Natijada
maska yorlig‘ining atrofida chegara paydo bo‘ladi;
3. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan
Density
slayderini kerakli
darajada o‘zgartirish kerak.
Density
slayderining qiymati 0% ga teng bo‘lsa maska shaffof bo‘ladi, qiymati
100% ga teng bo‘lsa maska shaffof bo‘lmaydi. Quyidagi tasvirdagi maskaning
Density
slayderining 0% (a), 50% (b), 100% (c) qiymatlaridagi maskaning shaffoflik
darajasi ko‘rsatilgan:
81
Maska chegaralarining aniqlik darajasini o‘zgartirib olish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Qavatlar panelida tahrirlanishi kerak bo‘lgan maska joylashgan qavat
tanlanadi;
2. Maska yorlig‘ini sichqon ko‘rsatkichi bilan bir marta bosiladi. Natijada
maska yorlig‘ining atrofida chegara paydo bo‘ladi;
3. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan
Feather
slayderini kerakli
darajada o‘zgartirish kerak.
Quyida
Feather
slayderining qiymati 0 px (a) va 100 px (b) ga teng maska
chegarasining aniqlik darajalari ko‘rsatilgan:
|