Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana13.06.2024
Hajmi2,91 Mb.
#263154
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Ranglarni tanlash 
Photoshop dasturida chizish va bo‘yash uchun old fon rangini, gragiyent 
bo‘yash va tasvirning o‘chirilgan maydonlarni bo‘yash uchun orqa fon rangidan 
foydalaniladi. Old va orqa fon ranglari ba’zi maxsus effektlar va filterlar tomonidan 
ishlatiladi. Old va orqa ranglarni 
Eyedropper
uskunasi, ranglar paneli, rang 
andozalari paneli va 
Adobe Color Picker
oynadi yordamida tanlab olish mumkin. 
Old fon rangining birlamchi qiymati qora rang, orqa fon rangining birlamchi qiymati 
oq rang. 
Ranglarni uskunalar panelida tanlab olish mumkin. Joriy old fon rangi rang 
tanlash maydonining yuqoridagi maydonda, joriy orqa fon rangi pastki maydonda 
joylashgan: 
A - old fon rangi maydoni, B – orqa fon rangi maydoni, C – old va orqa fon 
rangini birlamchi qiymatga qaytarish, D – old va orqa fon ranglarini almashtirish 
Old fon rangini o‘zgartirish uchun yuqorida joylashgan rang maydoni tanlanadi 
va ochilgan 
Adobe Color Picker
oynasidan kerakli rang tanlanadi. Orqa fon rangini 






65
o‘zgartirish uchun pastda joylashgan rang maydoni tanlanadi va ochilgan 
Adobe 
Color Picker
oynasidan kerakli rang tanlanadi. 
Old va orqa fon ranglarini belgilash uchun 
Eyedropper
uskunasidan 
foydalanish mumkin. Uskuna yordamida rang qiymatini joriy tasvirning ixtiyoriy 
joyidan tanlab olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Uskunalar panelidan 
Eyedropper
uskunasi 
tanlanadi; 
2. Dasturning xususiyatlar panelidan namuna o‘lchamini 
Sample Size
elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni tanlash orqali: 

Point Sample
– tanlangan pikselning aniq qiymatini oladi; 

3 by 3 Average, 5 by 5 Average, 11 by 11 Average, 31 by 31 Average, 51 by 
51 Average, 101 by 101 Average
– tanlangan maydondagi belgilangan miqdordagi 
piksellarning o‘rtacha qiymatini oladi. 
3. 
Sample
elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni belgilash 
mumkin: 

All Layers
– rang qiymatini hujjatdagi barcha qavatlardan olinadi; 

Current Layer
– rang qiymatini joriy faol qavatdan oladi; 
4. 
Eyedropper
uskunasini tanlangan old fon rangini aks ettiruvchi doirani aks 
ettirish uchun xususiyatlar panelidan 
Show Sampling Ring
elementini belgilash 
kerak: 
5. Quyidagilardan birini bajarish kerak: 
- old fon rangini tanlash uchun tasvirning kerakli joyiga sichqon tugmasini 
bosish; 
- orqa fon rangini tanlash uchun tasvirning kerakli joyiga klaviaturaning 
Alt
tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosish. 
Adobe Color Picker
dialog oynasi yordamida ranglarni to‘rtta rang rejimidan 
foydalanib tanlash mumkin: 
HSB

RGB

Lab
va 
CMYK

Adobe Color Picker
dialog 


66
oynasini old fon, orqa fon va matn ranglarini belgilash uchun ishlatiladi. Bundan 
tashqari turli uskunalar, buyruqlar va xususiyatlar uchun maqsadli ranglarni 
belgilash mumkin. 
Adobe Color Picker
dialog oynasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
A - tanlangan rang, B - dastlabki rang, C - o‘zgartirilgan rang, D - 
diapazondan tashqariga chiqish ogohlantiruvchisi, E - web sahifalar uchun tog‘ri 
kelmaslik ogohlantiruvchisi, F - faqat web sahifalar uchun to‘g‘ri keladigan 
ranglarni aks ettirsh, G - rang maydoni, H - rang slayderi, I - rang qiymatlari 
Adobe Color Picker
dialog oynasini aks ettirish uchun quyidagilarni bajarish 
mumkin: 
- uskunalar panelidagi old yoki orqa fon rangini tanlash maydonchasini sichqon 
ko‘rsatkichi bilan bosish kerak; 
- ranglar panelidagi old yoki orqa fon rangini tanlash maydonchasini sichqon 
ko‘rsatkichi bilan bosish kerak. 
Adobe Color Picker
paneli yordamida rangni 
HSB

RGB
va 
Lab
qiymat 
maydonlariga kerakli rangning qiymatini kiritish, rang maydoni va rang slayderida 
rang tanlash yordamida belgilash mumkin. 

Download 2,91 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc

Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish