59
Grayscale rang rejimi tasvirda kulrangning har xil tuslarini ishlatadi. 8 bitlik
tasvirlarda kulrangning 256 tagacha tuslari bo‘lishi mumkin. Kulrang tasvirda har
bir piksel 0 (qora) dan 255 (oq) gacha yorug‘lik qiymatiga ega bo‘ladi.
Bitmap rang rejimi tasvirdagi pikselni ifodalash uchun ikkita rangdan (oq yoki
qora) bittasini ishlatadi.
Duotone rang rejimi monoton, duoton (ikkita rangli), tritone (uchta rangli) va
quadtone (to‘rt rangli) kurlang tasvirlarni yaratishda ishlatiladi.
Index rang rejimi 256 tagacha rangga ega 8 bit tasvir fayllarini yaratishda
ishlatiladi. Boshqa rang rejimidan Index rang rejimiga o‘tilganda Photoshop dasturi
tasvirdagi ranglarni saqlovchi va indekslovchi maxsus rang jadvalini tuzadi. Agar
birlamchi tasvirdagi rang jadvalda mavjud bo‘lmasa dastur jadvaldan ushbu rangga
yaqin rangni tanlaydi. Index rang rejimining ranglar palitrasi cheklanganligi sabali
tasvir faylining xajmi kichrayadi va tasvirning umumiy ko‘rinish sifati nisbatan
ko‘ngildagidek bo‘ladi. Ushbu rang rejimida tasvirni tahrirlashda ba’zi cheklovlar
qo‘yiladi.