60
4.
Brush
va
Pencil
qiymatlari uchun mo‘yqalam andozasi, xiralik (
Opacity
) va
bosish kuchi (
Flow
)
xususiyatlari belgilanadi;
5. Tasvirning belgilangan holatiga o‘chirib qaytarish uchun tarix panelidan
tasvirning kerakli holati yoki holat surati belgilanadi. Xususiyatlar panelidan
Erase
To History
elementi belgilanadi.
6. Tasvirning kerakli maydonlaridan o‘chirg‘ich uskunasi yurgiziladi.
Photoshop dasturi mo‘yqalam bilan ishlaganda intellektual silliqlashni amalga
oshirishi mumkin. Buning uchun
Brush
(mo‘yqalam),
Pencil
(qalam),
Mixer Brush
(Aralashtirgich mo‘yqalami) yoki
Eraser
(o‘chirg‘ich) uskunalari bilan ishlaganda
dasturning xususiyatlar panelidan
Smoothing
elementiga 0 dan 100 gacha bo‘lgan
qiymatlarni kiritish kerak. 0 qiymati intellektual silliqlashni bajarmaydi,
qiymat
yuqori bo‘lgani sari intellektual silliqlash darajasi ha yuqori bo‘ladi.
Magic Eraser
uskunasi yordamida tasvir qavatining bir xil piksellar rangi
shaffofga o‘zgaradi. Agar belgilangan qavatning shaffoflik xususiyati o‘chirilgan
bo‘lsa piksellarning rangi fon rangiga o‘zgaradi.
Magic Eraser
uskunasi yordamida
qavatning ma’lum chegarasidagi piksellarni o‘chirish yoki qavatdagi barcha bir xil
piksellarni o‘chirishni tanlab olish mumkin.
Magic Eraser
uskunasidan foydalanish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Uskunalar panelidan
Magic Eraser
uskunasi
tanlanadi;
2. Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagilar belgilanadi:
- piksellar
bir xilligini belgilovchi
Tolerance
qiymati belgilanadi. Kichik
qiymat piksellarning rangini belgilangan piksel rangiga yaqin bo‘lishini, katta
qiymat piksellarning rangini belgilangan piksel rangiga o‘xshash boshqa piksellarni
ham o‘chiradi;
-
Anti-aliased
elementi o‘chrilayotgan maydon chegaralarini silliqlaydi;
-
Contiguous
elementini belgilanishi tanlangan
piksel joylashgan maydonga
chegaradosh piksellarni o‘chiradi,
Contiguous
elementini belgilanmasa tasvir
qavatidagi tanlangan pikselga o‘xshash barcha piksellarni o‘chiradi;
-
Sample All Layers
elementi belgilangan pikselning rangini tasvining o‘sha
joydagi barcha qavatlarning piksellari ranglari kombinatsiyasi orqali belgilaydi;
61
-
Opacity
elementining qiymati o‘chirishning xiraligini belgilaydi.
Opacity
elementining 100% qiymati piksellarni butunlay o‘chiradi.
Opacity
elementining
kichik qiymati piksellarni qisman o‘chiradi.
3.
Magic Eraser
uskunasi tasvir qavatining o‘chirilishi kerak bo‘lgan
joyiga
bosiladi.
Background Eraser
uskunasi tasvirning qavatidagi belgilangan namunadagi
piksellarni shaffofga o‘zgartiradi.
Background Eraser
uskunasi rang namunasini
o‘chirg‘ich markazidan oladi va o‘chirg‘ich doirasidagi
barcha shu rangdagi
piksellarni o‘chiradi. Uskunadan foydalanish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan o‘chirilishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi;
2. Uskunalar panelidan
Backgroud Eraser
uskunasi
tanlanadi;
3. Xususiyatlar panelidan o‘chirg‘ich andozalari tugmasi
bosiladi va
quyidagi panel ochiladi:
Ochilgan paneldan o‘chirg‘ichning o‘lchami (
Size
), qattiqligi (
Hardness
),
o‘chirishda joy tashlanishi (
Spacing
), burchagi (
Angle
) va yumaloqligi (
Roundness
)
kabi xususiyatlari belgilanadi.
4. Xususiyatlar panelidan rang namunasini olishning
quyidagi usullarini
belgilab olish mumkin:
62
-
Continuous
- o‘chirg‘ich yurgizilganda o‘chirish uchun rang namunasi
doimiy ravishda o‘chirg‘ich markazidan olinadi;
-
Once
- rang namunasi o‘chirg‘ich markazidan bir marta olinadi;
-
Background Swatch
- uskunalar panelida tanlangan orqa fon rangi
olinadi;
5. O‘chirg‘ich tasvirning o‘chirilishi kerak bo‘lgan maydonlarida yurgiziladi.