52
Image Size
dialog
oynasining
Resample
elemeti yordamida amalga oshiriladi.
Tasvirning o‘lchami yoki piksellar zichligi qiymati pasaytirilsa tasvirdan ortiqcha
piksellar o‘chirib tashlanadi. Tasvirning o‘lchami yoki
piskellar zichligi qiymati
oshirilsa tasvirga qo‘shimcha piksellar qo‘shiladi. Quyidagi tasvirning original
holati
a)
, piksellar zichligi
pasaytirilgan holati
b)
va piksellar zichligi oshirilgan
holati
c)
aks ettirilgan:
Qayta namunalashda piksellar qay tarzda qo‘shilishi yoki o‘chirilishini
interpolyatsiya usuli orqali belgilanadi.
Tasvirlarni yaratish va ochish
Yangi tasvir yaratish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
1. Dasturning
File
menyusidan
New
buyruq qatorini
tanlanadi;
2. Natijada ochilgan dialog oynasida tasvirning nomi kiritiladi;
3. Tasvirning bo‘yi va eni qiymatlarini kiritiladi
yoki mavjud andozalardan
tanlanadi;
4. Piksellar zichligi, rang rejimi va ranglar miqdori qiymatlari belgilanadi;
5. Tasvirning orqa foni belgilanadi:
-
White
– oq rangdagi orqa fon;
-
Background Color
– joriy tanlangan orqa
fon rangidagi fon;
53
-
Transparent
– shaffof orqa fon;
-
Other
– fon rangini tanlash dialog oynasi yordamida tanlanadi;
6. Dialog oynasining
OK
tugmasi bosiladi.
Tasvirni barcha uning elementlari (qavatlar, qavat maskalari va kanallari) bilan
birgalikda dublikatini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Dublikat qilinishi kerak bo‘lgan tasvir ochiladi;
2. Dasturning
Image
menyusidan
Duplicate
buyruq qatori tanlanadi;
3. Natijada ochilgan dialog oynasida dublikat tasvirning nomi kiritiladi:
4. Tasvirning barcha qavatlari birlashtirilib dublikat qilinishi kerak bo‘lsa
dialog oynasining
Duplicate Merged Layers Only
elementini belgilash kerak;
5. Dialog oynasining
OK
tugmasi bosiladi.
Photoshop dasturida fayllarni
Open
yoki
Open Recent
buyruqlari
yordamida
ochish mumkin.
Faylni ochish uchun quyidagilar bajarilishi kerak:
1. Dasturning
File
menyusidan
Open
buyruq qatori tanlanadi;
2. Ochilgan dialog oynasidan kerakli fayl tanlanadi;
3. Dialog oynasining
Open
tugmasi bosiladi.
Oxirgi ishlangan fayllarni ochish uchun dasturning
File
menyusidan
Open
Recent
bo‘limidan oxirgi ishlangan fayllardan biri tanlanadi.