• Shaffoflik – aksariyat effektlar tasvirga qisman shaffof piksellarni qo‘shadi va chop etilganda tasvir sifatiga ta’sir qilishi mumkin. - Piksellar zichligi
  • Printerning niqtalar zichligi – tasvirning chop etish sifatiga chop etuvchi printerning nuqtralar zichligi ta’sir qiladi. Rang kanallari
  • Kompyuter grafikasi asoslari




    Download 2,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/74
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,91 Mb.
    #263154
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Kompyuter grafikasi asoslari 
    Rastrli tasvirlar to‘rtburchak tasvir elementlari, piksellardan tashkil topadi. Har 
    bir pikselga uning joylashuv va rang qiymati belgilanadi. Rastrli tasvirlar piksellar 
    zichligiga bog‘liq bo‘lib belgilangan miqdordagi piksellardan iborat. Shu sababdan 
    rastrli tasvirlar kattalashtirilganda o‘z sifatini yo‘qotadi. 
    Rastrli tasvirlarning fayllari katta hajmga ega bo‘ladi va fayl hajmini 
    kichraytirish uchun maxsus algoritmlar qo‘llaniladi. 
    Vektorli grafika vektorlar deb nomlanuvchi matematik obyektlar yordamida 
    ifodalanuvchi chiziqlar va egrilardan tashkil topadi. Vektorli grafika piksellar 
    zichligiga bog‘liq emasligi sababli kattalashtirilganda o‘z sifatini yo‘qotmaydi. 
    Hujjatda vektorli grafika va rastrli tasvirlarni birga qo‘llaganda shuni yodda 
    tutish kerakki hujjatni ekranda tasvirlanish sifati chop etilganidan farqlanishi 
    mumkin. Quyidagi faktorlar hujjatning sifatiga ta’sir qiladi: 

    Shaffoflik
    – aksariyat effektlar tasvirga qisman shaffof piksellarni qo‘shadi 
    va chop etilganda tasvir sifatiga ta’sir qilishi mumkin. 

    Piksellar zichligi
    – rastrli tasvirladda har bir dyuymdagi piksellar soni bilan 
    o‘lchanadi. Past piksellar zichlikdan foydalanish tasvirni qo‘rslashishiga olib keladi. 
    Yuqori piksellar zichligidan foydalanish tasvirni chop etish sifatini oshirmagan 
    holda tasvir fayl hajmini oshishiga olib keladi. 

    Printerning niqtalar zichligi
    – tasvirning chop etish sifatiga chop etuvchi 
    printerning nuqtralar zichligi ta’sir qiladi. 
    Rang kanallari 
    Photoshop dasturida har bir tasvir undagi rang elementlari to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlarni saqlovchi bir yoki bir nechta kanallarga ega. Tasvirdagi rang 
    kanallarining soni uning rang rejimiga bog‘liq. Odatda, 
    Bitmap

    Grayscale

    Duotone


    50
    va 
    Indexed Color
    rang rejimlaridagi tasvirlar bitta rang kanaliga, 
    RGB

    Lab Color
    rang rejimlaridagi tasvirlar uchta rang kanaliga, 
    CMYK
    rang rejimidagi tasvirlar 
    to‘rtta rang kanaliga ega. Rangli tasvirning rang kanallari tasvirning ma’lum rangini 
    aks ettiradi. Masalan, 
    RGB
    rang rejimidagi tasvir uchta ranglar (qizil, yashil, ko‘k) 
    uchun alohida rang kanallariga ega. 

    Download 2,91 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




    Download 2,91 Mb.
    Pdf ko'rish