Tarix panelidan foydalanish




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/74
Sana13.06.2024
Hajmi2,91 Mb.
#263154
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Tarix panelidan foydalanish 
Joriy ish sessiyasi davomida tasvir holatiga kiritilgan o‘zgarishlarning 
istalganiga tarix paneli yordamida o‘tish mumkin. Har safar tasvirga biror bir 
o‘zgartirish kiritilganda tarix paneliga tasvirning yangi holati to‘g‘risida ma’lumot 
kiritiladi. 
Masalan, tasvirning bir qismini belgilansa, ustiga chizilsa va aylantirilsa tarix 
panelida ushbu kiritilgan o‘zgarishlarni aks ettiruvchi alohida yozuvlar xosil bo‘ladi. 
Tarix panelida ushbu yozuvlarning biri tanlansa tasvirning holati ushbu amal 
bajarilgan vaqtdagi tasvir holatiga qaytariladi. 
Tarix panelidan tasvirning ma’lum bir holatlarini o‘chirish va hujjatni holat 
yoki suratdan yaratib olish uchun foydalanish mumkin. Tarix panelini aks ettirish 


41
uchun dasturning 
Window
menyusidan 
History
buyruq qatorini tanlash yoki panellar 
maydonidan tarix paneli tugmasini 
bosish kerak: 
A - tarix mo‘yqalami uchun manbani belgilaydi, B - holat surati, C - tasvir 
holatining o‘zgarish tarixi, D – tasvirning joriy holati. 
Tarix panelidan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
- panellardagi, rang sozlamalari, amallar va xususiyatlardagi o‘zgarishlar 
tasvirga o‘zgarish kiritmaydiganligi uchun tarix panelida aks ettirilmaydi
- odatda, tarix paneli oxirgi 20 holatlarni eslab qoladi. Eslab qolinadigan 
holatlar sonini dasturning 
Edit
menyusining 
Preferences
bo‘limidan 
Performance
buyruq qatorini tanlab ochilgan dialog oynasida 
History States
elementiga kerakli 
qiymat berish orqali belgilab olish mumkin. Tasvirning eski holatlari avtomatik 
ravishda o‘chirilib yangi holatlari yoziladi. Ma’lum holatni butun ish sessiyasi 
davomida saqlab qolish uchun ushbu holatni tarix panelidagi 
tugma yordamida 
surati olinadi; 
- hujjat yopilib qayta ochilganda ohirgi ish sessiyasidagi tasvir holatlari va holat 
suratlari tarix panelidan o‘chiriladi; 
- odatda, tasvir holatining surati tarix panelining yuqori qismida aks ettiriladi; 
- tasvirning yangi holatlari ro‘yxatning oxirisiga qo‘shiladi. Yani, tasvirning 
eski holatlari ro‘yxatning yuqori qismida, eng oxirgi holatlari pastki qismida 
joylashadi; 






42
- tasvirning har bir holati tarix panelida tasvirga o‘zgartirish kiritgan uskuna 
yoki buyruq nomi bilan aks ettiriladi; 
- odatda, holat tanlanganda uning ostidagi holatlar xiralashadi. Bu orqali 
tanlangan holatdan boshlab ishlansa qaysi amallar bekor qilinishini ko‘rib olish 
mumkin; 
- odatda, holatni tanlab tasvirga o‘zgarish kiritilsa tanlangan holatdan keyingi 
barcha holatlarni o‘chiriladi; 
- holatni tanlab tasvirga o‘zgarish kiritib tanlangan holatdan keyingi barcha 
holatlarni o‘chirilganda dasturning 
Edit
menyusidan 
Undu
buyruq qatorini tanlab 
oxirgi o‘zgarishni bekor qilib o‘chirilgan holatlar tiklab olinadi; 
- odatda, tasvir holatini o‘chirish undan keyingi holatlarni ham o‘chiradi. Tarix 
panelining xususiyalarida 
Allow Non-Linear History
elementi belgilansa tasvir 
holati o‘chirilishi boshqa holatlarga ta’sir ko‘rsatmaydi: 
Tasvirning oldingi holatiga qaytish uchun quyidagilarning birini bajarish 
mumkin: 
- tarix panelidan kerakli holatni tanlash; 
- tarix paneli menyusi yoki dasturning 
Edit
menyusidan 
Step Forward
yoki 
Step 
Backward
buyruq qatorlarini tanlash. 
Tasvirning bir yoki bir nechta holatlarini o‘chirish uchun quyidagilarning birini 
bajarish kerak: 
- holatni belgilab tarix panelining menyusidan 
Delete
buyruq qatorini belgilash 
belgilangan holat va undan keyingi holatlarni o‘chiradi; 
- holatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab tarix panelidagi o‘chirish 
tugmasi ustiga joylkash belgilangan holat va undan keyingi holatlarni o‘chiradi; 


43
- tarix panelining menyusidan 
Clear History
buyruq qatorini tanlab tasvirni 
o‘zgartirmagan holda tarix panelidagi holatlarni o‘chiradi;
- dasturning 
Edit
menyusi 
Purge
bo‘limidan 
Histories
buyruq qatorini tanlab 
barcha ochiq hujjatlar uchun tarix panelidagi holatlarni o‘chiradi. 
Tasvir holati asosida yangi hujjat yaratish uchun quyidagilarning birini bajarish 
kerak: 
- tasvir holati yoki holat suratini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab tarix 
panelidagi Joriy holat asosida yangi hujjat yaratish 
tugmasi ustiga joylash. Yangi 
yaratilgan hujjatning tarix panelida faqat bitta 
Duplicate State
nomli yozuv 
joylashadi; 
- tasvir holati yoki holat surati tanlanib tarix panelidagi Joriy holat asosida 
yangi hujjat yaratish 
tugmasini bosish. Yangi yaratilgan hujjatning tarix panelida 
faqat bitta 
Duplicate State
nomli yozuv joylashadi; 
- tasvir holati yoki holat surati tanlanib tarix panelining menyusidan 
New 
Document
buyruq qatorini bosish kerak. Yangi yaratilgan hujjatning tarix panelida 
faqat bitta 
Duplicate State
nomli yozuv joylashadi. 
Tarix panelida aks ettiriladigan elementlarning maksimal sonini va panelni 
boshqa xususiyatlarini belgilab olish mumkin. Buning uchun: 
1. Tarix panelining menyusidan 
History Options
buyruq qatori tanlanadi; 
2. Ochilgan dialog oynasidan quyidagilarni belgilash mumkin: 

Automatically Create First Snapshot
– hujjat ochilganda avtomatik ravishda 
tasvirning dastlabki holatining surati olinadi; 

Automatically Create New Snapshot When Saving
– hujjat saqlanganda tasvir 
holatining surati olinadi; 

Allow Non-Linear History
– tasvirning tanlangan holatiga undan keyingi 
holatlarga ta’sir qilmagan holda o‘zgartirish kiritish imkoniyatini beradi. Odatda, 
tasvir holati tanlanib tasvirga o‘zgartirish kiritilganda tanlangan holatdan keyingi 
barcha holatlar o‘chiriladi. Shu orqali tarix panelida tasvirning tahrirlash jarayoni 
bajarilish ketma ketligida aks ettiriladi. Ushbu
 
elementi belgilansa tasvir holati 


44
belgilab tasvirga o‘zgartirish kiritib aynan belgilangan holat o‘chiriladi. Kiritilgan 
o‘zgartirish holati tarix panelining oxiriga qo‘shiladi; 

Show New Snapshot Dialog by Default
– tasvir holatining surati olinganda 
uning nomini kiritish uchun dialog oynasi aks ettiriladi; 

Make Layer Visibility Changes Undoable
– odatda, qavatning aks ettirilishi 
yoki berkitilishi tarix panelida qayd etilmaydi. Ushbu element belgilansa qavatning 
aks ettirilish holati tarix panelida aks ettiriladi. 

Download 2,91 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish