39
- chop etilmaydigan qo‘shimchalarni aks ettirish
yoki berkitish uchun
dasturning
View
menyusining
Extras
qatorini tanlash kerak;
- ma’lum bir chop etilmaydigan qo‘shimchani aks ettirish yoki berkitish uchun
View
menyusining
Show
bo‘limidan kerakli qo‘shimchani tanlash kerak;
- barcha chop etilmaydigan qo‘shimchalarni aks ettirish uchun
View
menyusining
Show
bo‘limidan
All
qatorini tanlash kerak;
- barcha chop etilmaydigan qo‘shimchalarni berkitish uchun
View
menyusining
Show
bo‘limidan
None
qatorini tanlash kerak;
- chop etilmaydigan qo‘shimchalarning ma’lum
guruhini aks ettirish yoki
berkitish uchun
View
menyusining
Show
bo‘limidan
Show Extras Options
qatorini
tanlash kerak. Natijada ochilgan dialog oynasida kerakli qo‘shimchalarni guruh
ko‘rinishida belgilab olish mumkin:
Amallarni boshqarish
Bajarilgan amallarni bekor qilish yoki qayta bajarish buyruqlari va tarix paneli
yordamida tasvir holatini osonlik bilan boshqarish mumkin. Amalni bekor
qilish va
amalni qayta bajarish buyruqlari yordamida bajarilgan amallarni boshqarish
mumkin. Amallarni boshqarish uchun tarix panelidan ham foydalanish mumkin.
Amallarni bekor qilish buyrug‘i dasturning
Edit
menyusi
Undo
qatorini tanlash va
amalni qayta bajarish buyrug‘i dasturning
Edit
menyusi
Redo
qatorini tanlash orqali
bajariladi.
Joriy kiritilgan o‘zgarishlarni bekor qilib tasvirni
oxirgi saqlangan holatiga
qaytarish mumkin. Buning uchun dasturning
File
menyusidan
Revert
buyruq
qatorini tanlash kerak. Natijada tasvirga kiritilgan joriy o‘zgarishlar
bekor qilinib
40
tasvir oxirgi saqlangan holatiga qaytariladi. Ushbu amal tasvirga butunlay ta’sir
qiladi.
Photoshop dasturida kiritilgan o‘zgarishlarni tasvirning belgilangan qismi
uchun bekor qilib oxirgi saqlangan holatiga qaytarib olish ham mumkin.
Buning
uchun quyidagilarning birini bajarish kerak:
-
Tarix mo‘yqalami
uskunasidan foydalanib tasvir qismini oxirgi
saqlangan holatiga qaytariladi;
-
O‘chirg‘ich
uskunasidan
Erase to History
xususiyatini belgilab
tasvir qismini oxirgi saqlangan holatiga qaytariladi;
- oxirgi saqlangan holatiga qaytarilishi kerak bo‘lgan tasvir qismi belgilanadi
va dasturning
Edit
menyusidan
Fill
buyruq qatori tanlanadi. Natijada ochilgan dialog
oynasidan
Contents
elementiga
History
qiymati belgilanadi va
OK
tugmasi bosiladi: