Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/74
Sana13.06.2024
Hajmi2,91 Mb.
#263154
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Metadata va izohlar 
Metadata fayl to‘g‘risidagi standartlashtirilgan ma’lumotlar to‘plami 
hisoblanadi. Jumladan, ushbu ma’lumotlarga muallifning nomi, nuqtalar zichligi
ranglar miqdori, mualliflik huquqi va biriktirilgan kalit so‘zlar kiradi. Masalan, 
aksariyat raqamli foto kameralar rasm fayllariga uning eni va bo‘yi o‘lchami, 
formati, rasm olingan vaqti kabi asosiy ma’lumotlar biriktiradi. Metadatalar ishni 
tashkil etishda va fayllarni tartiblashda ishlatilishi mumkin. 
Metadata ma’lumotlari Extensible Metadata Platform (XMP) standarti asosida 
saqlanadi. XMP standarti XML standarti asosida yaratilgan bo‘lib aksariyat hollarda 
metadata rasm faylida saqlanadi. Agar metadata rasm faylida saqlash imkoniyati 
mavjud bo‘lmasa u alohida faylda saqlanadi. 
Photoshop dasturida tasvirga izohlar qo‘shish mumkin. Izohlar taqriz berish va 
izoh qoldirishda qo‘l keladi. Izohlar tasvirda chop etilmaydigan, kichik yorliq 
ko‘rinishda aks ettiriladi. Izohlar tasvirda biriktirilgan joyiga bog‘langan bo‘ladi. 
Izohlarni aks ettirish, yashirish, ochish va tahrirlash mumkin. 


36
Photoshop dasturida izohlarni xolstning istalgan joyiga qo‘shish mumkin. Izoh 
yaratilganda tasvirda tegishli yorliq paydo bo‘ladi. Izoh qo‘shish uchun quyidagilar 
bajarilishi kerak: 
1. Uskunalar panelidan 
Note tool
uskunasi tanlanadi; 
2. Xususiyatlar panelida quyidagilar belgilanadi: 

Author
– izohning muallifini blgilaydi; 

Color
– izoh yorlig‘ining rangini belgilaydi; 
3. Tasvirga izoh qo‘yiladigan joyga sichqon bilan bosiladi
4. Izoh kiritish uchun kursor faollashadi. 
Izohlarni aks ettirish yoki yashirish uchun dasturning 
View
menyusi 
Show
bo‘limidan 
Notes
qatorini tanlash kerak. 

Download 2,91 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc

Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish