• Uskuna andozalari
  • Xususiyatlar panelidan foydalanish




    Download 2,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/74
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,91 Mb.
    #263154
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Xususiyatlar panelidan foydalanish 
    Xususiyatlar paneli dasturning asosiy menyusi ostida ish sohasining yuqori 
    qismida joylashgan. Xususiyatlar paneli o‘zgaruvchan bo‘lib joriy tanlangan 
    uskunaga qarab o‘zgaradi. Xususiyatlar panelidagi ba’zi elementlar aksariyat 


    34
    uskunalar uchun umumiy bo‘lsa, ba’zi elementlar faqat ma’lum uskunaga tegishli 
    bo‘ladi. 
    Xususiyatlar panelini panel ushlagichini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab 
    siljitish va ish sohasining yuqorisiga yoki ostiga joylashtirish mumkin. Xususiyatlar 
    panelini aks ettirish yoki yashirish uchun dasturning 
    Windows
    menyusidan 
    Options
    qatorini tanlash kerak. 
    Uskuna xususiyatlarini dastlabki holatga qaytarish uchun xususiyatlar panelida 
    joylashgan uskuna tugmasining ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng 
    tugmasini bosish kerak. Ochilgan kontekst menyusidan 
    Reset Tool
    yoki 
    Reset All 
    Tools
    qatorini tanlash kerak.
    Uskuna andozalari 
    Uskuna andozalari uskuna xususiyatlarini saqlash va qayta ishlash 
    imkoniyatini beradi. Xususiyatlar panelidagi uskuna andozasini tanlash tugmasi, 
    uskuna andozalari paneli va andozalar menedjeri yordamida uskuna andozalari 
    bibliotekalarini yaratish, yuklash va tahrirlash mumkin. 
    Uskuna andozasini tanlash uchun xususiyatlar panelidagi uskuna andozasini 
    tanlash tugmasini bosish va ochilgan paneldan kerakli andozani tanlash kerak. 
    Uskuna andozasini dasturning 
    Windows
    menyusi 
    Tool Presets
    qatorini tanlab 
    ochilgan uskuna andozalari panelidan tanlab olish ham mumkin. 
    Panel ushlagichi 


    35
    Uskuna andozasini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
    1. Uskunani tanlab, xususiyatlar panelidan ushbu uskuna uchun kerakli 
    xususiyatlar belgilan olinadi; 
    2. Xususiyalar panelining chap qismida joylashgan uskuna andozasi tugmasini 
    bosish yoki dasturning 
    Windows
    menyusidan 
    Tool Presets
    qatorini tanlab andozalar 
    paneli ochiladi; 
    3. Yangi uskuna andozasini yaratish tugmasini 
    bosish yoki panel 
    menyusidan 
    New Tool Preset
    qatorini tanlash kerak; 
    4. Yaratilayotgan uskuna andozasining nomi kiritiladi va 
    OK
    tugmasi bosiladi. 

    Download 2,91 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




    Download 2,91 Mb.
    Pdf ko'rish