37
Ochilgan dialog oynasida ulashish servisi tanlanadi.
Chizg‘ichlar
Photoshop dasturida chizg‘ichlar tasvir yoki elementlarni
yuqori aniqlikda
joylashtirish imkonini beradi. Aks ettirilganda chizg‘ichlar faol ish sohasining chap
va yuqori chegaralari bo‘ylab joylashadi. Chizg‘ichdagi
markerlar sichqon
ko‘rsatkichining joylashish koordinatalarini aks ettiradi:
Chizg‘ichning boshlang‘ich nuqtasini (0,0) o‘zgartirish ma’lum joylashishdan
o‘lchashni boshlash imkonini beradi. Chizg‘ichlarni aks ettirish yoki yashirish
uchun dasturning
View
menyusidan
Rulers
qatorini tanlash kerak.
Chizg‘ichlarning boshlang‘ich nuqtasini o‘zgartirish
uchun gorizontal va
vertikal chizg‘ichlarning kesishuv sohasi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib
sichqon tugmasini bosib turgan holda tasvirning kerakli joyiga siljitib olish mumkin:
Chizg‘ichning boshlang‘ich nuqtasini dastlabki joyiga qaytarish uchun
gorizontal va vertikal chizg‘ichlarning kesishuv sohasi ustiga sichqon ko‘rsatkichini
joylashtirib ikki marta bosish kerak.
Chizg‘ichning o‘lchov birligini o‘zgartirish uchun quyidagilarda birini bajarish
kerak:
- chizg‘ich ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasini bosish va
ochilgan kontekst menyusidan o‘lchov birlikni tanlash:
38
- chizg‘ich ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib
ikki marta bosish yoki
dasturning
Edit
menyusi,
Preferences
bo‘limidan
Unit
&
Rulers
qatorini tanlash va
ochilgan dialog oynasidan o‘lchov birligini tanlash kerak: