51
Photoshop dasturida tasvirning o‘lchamlari
va piksellar zichligi bilan
bog‘liqligini tasvirning o‘lchami dialog oynasida ko‘rib olish mumkin. Buning
uchun dasturning
Image
menyusidan
Image Size
buyruq qatori tanlanadi. Ochilgan
dialog
oynasidan
Resample
elementidan belgilanish olib tashlanadi. Natijada
tasvirning bo‘yi, eni yoki piksellar zichligining qiymati o‘zgartirilsa
qolgan ikki
qiymatlar ham mutanosib ravishda o‘zgaradi:
Fayl o‘lchami
Tasvir faylining o‘lchami kilo-, mega-, gigabaytlarda o‘lchanadi. Faylning
o‘lchami tasvirning pikselli o‘lchamiga proportsional bog‘liq.
Katta miqdordagi
piksellardan iborat tasvirlar yuqori sifatga ega bo‘ladi, ammo ularni saqlash uchun
diskda ko‘p miqdorda joy va tahrirlash uchun ko‘p kompyuter resurslari talab etiladi.
Shuning uchun, tasvirning piksellar zichligini belgilashda tasvirning sifati va fayl
hajmi o‘rtasida muvozanat ushlashga intilinadi.
Fayl hajmiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu fayl formati. Har xir fayl
formatlarida ma’lumotlarni siqish algoritmlari har xir bo‘lganligi
uchun bir xil
o‘lchamdagi tasvirlarning fayl o‘lchamlari har xil bo‘ladi. Bundan tashqari fayl
o‘lchamiga ranglar, qavatlar va kanallarning soni ham ta’sir qiladi.
Photoshop
dasturi maksimal 300 000 x 300 000 pixel o‘lchamga ega tasvirlar bilan ishla oladi.