Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
67
1. Photoshop dasturida tasvirning o‘lchami qanday o‘zgartiriladi?
2. Piksel deganda nima tushiniladi?
3. Qanday faktorlar tasvirning sifatiga ta’sir qiladi?
4. Piksellar zichligi deganda nima tushiniladi?
5. Rang kanallari qanday turdagi ma’lumotlarni saqlaydi?
6. Har bir rang kanali uchun ranglar miqdori 8 bit qiymatga ega RGB rang
rejimidagi tasvirda jami qancha rang ma’lumotlari mavjud?
7. Piksellar zichligi tasvir sifatiga qanday ta’sir qiladi?
8. Photoshop dasturi ishlay oladigan tasvirlarning maksimal o‘lchami qanday?
9. Photoshop dasturida tasvirga o‘zgartirish kiritmagan holda qanday qilib
aynaltirib ko‘rish mumkin?
10. Tasvirning rang rejimini o‘zgartirishdan oldin qanday amallarni bajarish
maqsadga muvofiq?
11. Qanday rang rejimlari mavjud?
12. Ranglarni aralashtirish jarayoni qanday ranglar farqlanadi?
13. Photoshop dasturida mavjud ekran rejimlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
14. Qayta namunalash jarayoning mazmuni to‘g‘risida tushuncha bering.
15. Rang rejimlariga misollar keltiring.
QAVATLAR
Qavatlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar
Photoshop dasturidagi qavatlar ustma-ust taklangan shaffof qog‘ozlarga
o‘xshaydi. Qavatning shaffof maydonlari orqali uning tagidagi qavatlarni ko‘rish
mumkin. Qavatdagi tasvirni boshqa qavatlarga nisbatan joylashuvini o‘zgartirish
uchun ushbu qavatni siljitish mumkin. Bundan tashqari qavatning xiralik darajasini
o‘zgartirib uni qisman shaffof qilish mumkin. Odatda qavatlardan bir nechta
tasvirdan kompozitsiya tayyorlanganda, tasvirga matn yoki vektorli grafik figuralar
qo‘shganda foydalaniladi. Qavatlarga maxsus effektlar qo‘shish mumkin.
Yangi tasvir bitta qavatga ega. Tasvirga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qavatlar,
qavat effektlari va qavat to‘plamlarining soni faqatgina kompyuterning texnik
68
imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Qavatlar bilan Qavatlar paneli yordamida
ishlanadi. Qavat guruhlari qavatlarni tartiblash va boshqarishga yordam beradi.
Qavat guruhlaridan paneldagi qavatlarni mantiqiy tartiblashda foydalaniladi.
Xususiyatlar va maskalarni bir vaqtning o‘zida guruhdagi barcha qavatlarga qo‘llash
mumkin.
Ba’zi hollarda qavatlar aniq bir kontentga ega bo‘lmaydi. Masalan, sozlama
qavatlar undan pastdagi qavatlarga ta’sir qiladigan rang va ton sozlamalarini o‘z
ichiga oladi. Tasvir joylashgan qavatga tegmagan holda sozlama qavatga
o‘zgartirish kiritish orqali tasvirni o‘zgartirish mumkin.
Smart Object deb nomlanadigan maxsus turdagi qavatlar bir yoki bir nechta
qavatlarni o‘z ichiga oladi. Smart Object qavatini tasvir piksellariga o‘zgartirish
kiritmasdan o‘zgartirish (masshtablash, qiyshaytirish yoki shaklini o‘zgartirish)
mumkin.
Photoshop dasturida qavatlar paneli barcha qavatlar, qavat guruhlari va qavat
effektlari ro‘yxatini aks ettiradi. Qavatlar paneli orqali qavatlarni aks ettirish yoki
yashirish, yangi qavat yaratish va qavat guruhlari bilan ishlash mumkin. Qavatlar
paneli quyidagi ko‘rinishga ega:
69
A – qavatlar panelining menyusi, B – filtr, C – qavatlar guruhi, D – qavat, E –
qavat effektlari ro‘yxatini aks ettirish/yashirish, F – qavat effekti, G – qavat
yorlig‘i
Qavatlar panelini aks ettirish uchun dasturning
Window
menyusidan
Layers
buyruq qatorini tanlash kerak.
Oq yoki rangli orqa fonga ega yangi tasvir yaratilganida qavatlar panelidagi
eng pastki qavati orqa fon deyiladi. Har bir tasvir faqatgina bitta orqa fonga ega
bo‘ladi. Orqa fon qavatining qavatlar panelidagi joylashishi, ranglarni aralashtirish
rejimi va xiraligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Orqa fon qavatini oddiy qavatga
o‘zgartirib uning ushbu xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin.
Shaffof kontentga ega tasvir yaratilganda tasvir orqa fon qavatiga ega
bo‘lmaydi. Tasvirning eng pastki qavati orqa fon qavati kabi cheklovlarga ega
bo‘lmaydi.
Orqa fon qavatini oddiy qavatga o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Qavatlar panelida orqa fon qavatini sichqon ko‘rsatkichi bilan ikki marta
bosish yoki dasturning
Layer
menyusining
New
bo‘limidan
Layer From Background
buyruq qatorini tanlash kerak;
2. Ochilgan dialog oynasidan qavatning xususiyatlari belgilanadi:
3. Dialog oynasining
OK
tugmasi bosiladi.
Oddiy qavatni orqa fon qavatiga o‘zgartirish uchun kerakli qavat tanlanasi va
dasturning
Layer
menyusining
New
bo‘limidan
Background From Layer
buyruq
qatorini tanlash kerak. Natijada qavatning barcha shaffof piksellari joriy orqa fon
rangiga o‘zgaradi va qavatlar panelining eng pastiga joylashadi.
Qavatlarni bir tasvir doirasida, boshqa bir tasvirga yoki yangi tasvirga diblikat
qilish mumkin.
70
Qavatni bir tasvir doirasida dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;
2. Tanlangan qavat yoki guruh sichqon ko‘rsatkchi bilan ushlab qavatlar
panelining
tugmasi ustiga tashlanadi yoki dasturning
Layer
menyusi yoki
qavatlar panelining menyusidan
Duplicate Layer
yoki
Duplicate Group
buyruq
qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida qavat yoki guruh uchun nom
kiritiladi va
OK
tugmasi bosiladi:
Qavatni boshqa tasvirga dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Manba va qabul qiluvchi tasvirlar ochiladi;
2. Qavatlar panelidan manba tasvirning bir yoki bir nechta qavatlari yoki guruh
tanlanadi;
3. Quyidagilarning biri bajariladi:
- qavatlar panelida belgilangan qavat yoki guruhni sichqon ko‘rsatkichi bilan
ushlab qabul qiluvchi qavatga o‘tkaziladi;
- uskunalar panelidan siljitish
uskunasini tanlab manba tasvirdan qabul
qiluvchi tasvirga siljitish kerak. Dublikat qilingan qavat yoki guruh qabul qiluvchi
tasvirning joriy qavatining ustiga tushadi;
- dasturning qavatlar menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan
Duplicate
Layer
yoki
Duplicate Group
buyruq qatorlari tanlanadi. Natijada ochilgan dialog
oynasining
Destination
qismida
Document
elementining ochiladigan menyusidan
qabul qiluvchi tasvir hujjati tanlanadi:
71
Qavat dublikatini yangi hujjatda yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;
2. Dasturning
Layer
menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan
Duplicate
Layer
yoki
Duplicate Group
buyruq qatori tanlanadi;
3. Natijada ochilgan dialog oynasining
Destination
qismida
Document
elementining ochiladigan menyusidan
New
qiymati tanlanadi va
OK
tugmasi
bosiladi.
|