72
- yaratilayotgan qavat yoki qavatlar guruhini joriy belgilangan qavatning tagida
joylashtirish uchun klaviaturaning
Ctrl
tugmasini bosib turgan holda qavatlar
panelidan yangi qavat yaratish
tugmasi yoki yangi qavatlar guruhini yaratish
tugmasini bosish kerak.
Mavjud fayl yordamida qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Mavjud tasvir faylini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab Photoshop dastirida
ochiq tasvir ustiga qo‘yish kerak;
2. Import qilingan tasvirning joylashishi va masshtabi o‘zgartiriladi;
3. Klaviaturaning
Enter
tugmasi bosiladi.
Mavjud qavat asosida ushbu qavatning effektlarini saqlab qolgan holda yangi
qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat belgilanadi;
2. Belgilangan qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qavatlar panelidagi
yangi qavat yaratish
tugmasi ustiga qo‘yiladi.
Tasvirdagi belgilangan maydonni qavatga aylantirish
uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Tasvirda biror bir maydon belgilanadi;
2. Dasturning
Layer
menyusi
New
bo‘limidan
Layer Via Copy
yoki
Layer Via
Cut
buyruq qatorlarini tanlash kerak.
Qavatlar guruhidagi qavatlarni ko‘rish uchun quyidagilardan birini bajarish
kerak:
- qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkichni
bosish kerak;
- qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkich
ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst
menyusidan
Open This Group
buyruq qatorini bosish kerak;
- klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavatlar guruhi yorlig‘ining
chap tarafidagi ko‘rsatkichni sichqon ko‘rsatkichi bilan bosib qavatlar guruhini va
uning ichidagi boshqa qavatlar guruhini bir vaqtning o‘zida ochib beradi.
73
Photoshop dasturida tahrirlashni osonlashtirish uchun ma’lum bir qavat,
qavatlar guruhi yoki qavat effektini aks ettirish yoki yashirish mumkin.
Buning
uchun qavatlar panelidan quyidagilardan birini bajarish kerak:
- qavat, qavatlar guruhi yoki qavat effektini ish sohasidan yashirish uchun
qavatlar panelida uning chap qismidagi aks ettirish
tugmasini bosish kerak. Aks
ettirish tugmasi qayta bosilsa ushbu element ish sohasida aks ettiriladi;
- dasturning
Layers
menyusidan
Hide Layers
yoki
Show Layers
buyruq
qatorlarini tanlash kerak;
- qolgan qavatlarni yashirib faqatgina belgilangan qavatni aks ettirish uchun
klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelida qavatning chap
qismidagi aks ettirish
tugmasini bosish kerak;
- qavatlar penelida bir nechta
elementlarni aks ettirish
tugmasi ustida
sichqon ko‘rsatkichini bosib turgan holda yurgizib ushbu elementlarni aks ettirish
holatini bir vaqtda o‘zgartirib olish mumkin.
Photoshop dasturida qavatlarni hujjat ichida va hujjatlararo nusxasini olish va
qo‘yish mumkin. Belgilangan qavatning nusxasini olish uchun dasturning
Edit
menyusidan
Copy
buyruq qatorini
tanlash yoki klaviaturadan
Ctrl + C
tugmalar
kombinatsiyasini bosish kerak.
Edit
menyusining
Paste
buyruq qatori yordamida
nusxasi olingan qavatni joriy hujjatning markaziga qo‘yadi.
Edit
menyusining
Paste
In Place
buyruq qatori yordamida nusxasi olingan qavatni joriy hujjatga dastlabki
hujjatdagi qavatning joylashishiga qarab qo‘yadi.