47
6. Uskunalar panelida joylashgan uskunalarni shartli ravishda qanday
guruhlarga bo‘lish mumkin?
7. Tanlash uskunalar guruhiga nimalar kiradi?
8. Bo‘yash uskunalar guruhiga nimalar kiradi?
9. Berkitilgan uskunalar qanday aks ettiriladi?
10. Chizg‘ichlar qanday vazifa bajaradi?
11. Chop etilmaydigan qo‘shimchalar deganda nimalar tushiniladi?
12. Tarix hilatini suratga olish deganda nima tushiniladi?
13. Tarix mo‘yqalami bajaradigan amallarni tushintirib bering.
14. Xususiyatlar panelining asosiy vazifalarini tushuntirib bering.
15. Lasso uskunasining bajaradigan amalini tushuntirib bering.
TASVIR VA RANG ASOSLARI
Tasvirlarning o‘lchamini o‘zgartirish
Photoshop dasturida tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish
uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Dasturning
Image
menyusidan
Image Size
buyruq qatori tanlanadi. Natijada
quyidagi dialog oynasi ochiladi:
2. Tasvirning ko‘rinishi ochilgan dialog oynasining chap qismida aks ettiriladi;
3. Dialog oynasining o‘ng qismida tasvirning o‘lchamlari va o‘lchov birliklari
aks ettiriladi:
48
4. Tasvirning eni va bo‘yini mutanosib ravishda o‘zgartirish
uchun dialog
oynasida proporsiyani saqlash tugmasini bosib qo‘yish kerak:
5. Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligi
umumiy nuqtalar soni bilan
mutanosib ravishda o‘zgarishi uchun dialog oynasida
Resample
elementini belgilab
qo‘yish kerak:
Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligini umumiy nuqtalar soniga ta’sir
qilmasdan o‘zgartirish uchun
Resample
elementidan belgilashni olib qo‘yish kerak.
6. Dialog oynasining
Fit To
menyusidan tasvir o‘lchamini oldindan belgilangan
o‘lcham andozalari asosida o‘zgartirib olish mumkin;
7.
Dialog oynasining
Width
va
Height
elementlariga
qiymat kiritib tasvir
o‘lchamini o‘zgartirib olish mumkin.
Tasvirning o‘lchami o‘zgartirilganidan keyingi tasvir
faylining hajmi dialog
oynasining yuqori qismida aks ettiriladi.
8. Tasvirdagi nuqtalar zichligini
Resolution
elementiga qiymat kiritish orqali
o‘zgartiriladi.
9. Agar tasvirning qavatlariga biror-bir stil qo‘llanilgan bo‘lsa ushbu stillarni
tasvirning o‘zgargan o‘lchamiga mos ravishda o‘zgarishini ta’minlash uchun dialog
oynasining yuqori-o‘ng burchagida joylashgan menyudan
Scale Styles
buyruq
qatorini tanlash kerak.
10. Kerakli o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng dialog oynasining
OK
tugmasi
bosiladi.