138
- vektorli shakl yoki yo‘l o‘zgartirilayotganida
Path Selection Tool
uskunasi
tanlanadi. So‘ng, dasturning xususiyatlar panelidan
Show Transform Controls
elementi tanlanadi.
3. Quyidagilardan bir yoki bir nechtasini bajarish kerak:
- element o‘lchamini o‘zgartirish uchun o‘zgartirish
elementlarini sichqon
tugmasi bilan ushlab siljitish kerak.
Klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib turgan
holda burchak boshqarish elementini sichqon tugmasi bilan siljitish element o‘lcham
nisbatini saqlab qoladi.
- dasturning xususiyatlar panelidagi
Width
va
Height
elementlariga
qiymat
kiritib element o‘lchamini aniq qiymatga o‘zgartirib olish mumkin. Xususiyatlar
panelida bog‘lash
tugmasini bosib qo‘yish element o‘lcham nisbatini saqlab
qoladi.
- aylantirish uchun sichqon ko‘rsatkichini boshqarish chegarasi tashqarisiga
joylab aylantiriladi. Klaviaturaning
Shift
tugmasini bosib turilsa element 15
⸰
qiymatga barobar burchakka aylanadi.
- dasturning xususiyatlar panelidagi
elementiga qiymat kiritib elementning
aylanish burchagini o‘zgartirib olish mumkin.
- boshqarish elementlarining markaziga nisbatan qiyshaytirish uchun
klaviaturaning
Alt
tugmasini bosib turgan holda boshqarish elementlarini siljitish
kerak.
- erkin qiyshaytirish uchun klaviaturaning
Ctrl
tugmasini
bosib turgan holda
boshqarish elementlarini siljitish kerak.
- qiyshaytirish uchun klaviaturaning
Ctrl+Shift
tugmalar kombinatsiyasini
bosib turgan holda boshqarish elementlarini siljitish kerak.
139
- dasturning xususiyatlar panelidagi
H
va
V
elementlariga
qiymat kiritib
element qiyshayishini o‘zgartirib olish mumkin.
- perspektivani o‘zgartirish uchun klaviaturaning
Ctrl+Alt+Shift
tugmalar
kombinatsiyasini bosib turgan holda boshqarish elementlarini siljitish kerak.
- deformatsiyalar uchun dasturning xususiyatlar panelidan erkin o‘zgartirish
rejimidan deformatsiyalash rejimiga o‘tish tugmasini
bosish kerak.
- elementning nisbiy nuqtasini o‘zgartirish uchun dasturning xususiyatlar
panelida joylashgan nisbiy nuqta joylashtiruvchisi yordamida
o‘zgartirib olish
mumkin.
- elementni siljitish uchun dasturning xususiyatlar panelida joylashgan
X
va
Y
elementlariga qiymat kiritish kerak.
4. Quyidagilardan birini bajarish kerak:
- bajarilgan o‘zgarishlarni qo‘llash uchun klaviaturaning
Enter
tugmasini
bosish, dasturning xususiyatlar panelidagi qo‘llash
tugmasini
bosish yoki
element ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylab ikki marta bosish kerak.
- bajarilgan o‘zgarishlarni bekor qilish uchun klaviaturaning
Esc
tugmasini
bosish yoki dasturning xususiyatlar panelidan bekor qilish tugmasini
bosish
kerak.