140
11. Shtamp uskunasi qanday vazifalar bajaradi?
12. Erkin o‘zgartirish qanday bajariladi?
13. Puppet Warp buyrug‘ini qo‘llash to‘g‘risida gapirib bering.
CHIZISH
Shakllarni o‘zgartirish
Photoshop dasturida to‘rtburchak va aylana burchakli to‘rtburchaklarning
o‘lchami va joylashishini o‘zgartirib olish mumkin.
Bundan tashqari aylana
burchakli to‘rtburchaklarning aylana burchak radiusini ham o‘zgartirib olish
mumkin. To‘rtburchak va aylana burchakli to‘rtburchakni o‘zgartirish
uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. Dasturning uskunalar panelidan
Path Selection Tool
uskunasi yordamida
bir yoki birnechta to‘rtburchak yoki aylana burchakli to‘rtburchaklar tanlab olinadi;
2. To‘rtburchakning o‘lchamini o‘zgartirish uchun
dasturning xususiyatlar
panelidan
W
va
H
elementlariga kerakli o‘lcham qiymatlari kiritiladi. Xususiyatlar
panelida bog‘lash
tugmasini bosib qo‘yish element o‘lcham nisbatini saqlab
qoladi.
3. To‘rtburchakning joylashishini o‘zgartirish uchun quyidagilardan birini
bajarish kerak:
- qavat kontentini siljitish uchun dasturning uskunalar
panelidan siljitish
uskunasidan
foydalanish;
- dasturning uskunalar panelidan
Path Selection Tool
uskunasi yordamida
to‘rtburchakni siljitish;
- dasturning xususiyatlar panelida joylashgan
X
va
Y
elementlariga qiymat
kiritish;
4. Aylana burchakli to‘rtburchakning burchak radiusini o‘zgartirish uchun
panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida har bir burchak uchun radius qiymatini
kiritish kerak:
141
Shakl chegarasining xususiyatlarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Dasturning uskunalar panelidan
Path Selection
uskunasi yordamida
shakl tanlanadi;
2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida yoki dasturning xususiyatlar
panelida shaklning chegarasini belgilash menyusi yorlig‘i
bosiladi va natijada
quyidagi shakl chegarasini belgilash paneli ochiladi:
3. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida yoki dasturning xususiyatlar
panelida shakl chegarasining quyidagi xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin:
- chegara turini tanlash
- shakl chegarasining unga nisbatan joylashishini belgilash
142
- chegaraning boshi va oxirisining ko‘rinishini belgilash
- shakl chegarasining burchak ko‘rinishini belgilash
Shakl chegarasining xususiyatlari belgilab olinganidan so‘ng
ushbu
xususiyatlarni boshqa shaklga ham ko‘chirib o‘tish mumkin. Buning uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. Shakl chegarasini belgilash panelidan sozlamalar tugmasi
bosiladi va
natijada
ochilgan menyudan
Copy Stroke
buyruq qatori tanlanadi;
2. Mo‘ljallangan shakl tanlanadi;
3. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan yoki dasturning xususiyatlar
panelidan shaklning chegarasini belgilash menyusi yorlig‘i
bosiladi va shakl
chegarasini belgilash paneli ochiladi;
4. Shakl chegarasini belgilash
panelida sozlamalar tugmasi
bosiladi va
natijada ochilgan menyudan
Paste Stroke
buyruq qatori tanlanadi.