130
- perspektiva yuzasining shaklini o‘zgartirish uchun burchak nuqtalarini
siljitish kerak;
- to‘r zichligini o‘zgartirish
uchun
Vanishing Point
dialog oynasining
xususiyatlar panelidan
Grid Size
elementiga
qiymat kiritish kerak;
- perspektiva yuzasini siljitish uchun yuzani sichqon tugmasi bilan ushlab
siljitish kerak;
- perspektiva yuzasining o‘lchamini o‘zgartirish
uchun yuza yon nuqtalarini
siljitish kerak.
Vanishing Point
dialog oynasida yangi perspektiva yuzasi yaratilganidan keyin
ushbu yuza bilan bog‘liq yangi perspektiva yuzasini yaratib olish mumkin.
Perspektiva yuzasi asosida yaratilayotgan yangi bog‘liq perspektiva yuzasi unga
nisbatan 90
⸰
burchakda yaratiladi. Ushbu burchak tasvirdagi mavjud yuzalarga mos
ravishda o‘zgartirilishi mumkin.
Bog‘liq perspektiva yuzasi quyidagicha yaratiladi:
1.
Vanishing Point
dialog oynasida yuza yaratish uskunasi
yordamida yangi
perspektiva yuzasi yaratiladi:
2. Klaviaturaning
Ctrl
tugmasini bosib turgan holda
yuza yaratish uskunasi
yoki yuzani tahrirlash uskunasi
yordamida yuzaning yon nuqtasi siljitiladi.
Natijada yangi bog‘liq perspektiva yuzasi yaratiladi:
131
3. Yangi bog‘liq perspektiva yuzasining burchagini o‘zgartirish
uchun uning
yon nuqtasini sichqon tugmasi bilan siljitish yoki
Vanishing Point
dialog oynasining
xususiyatlar panelidagi
Angle
elementiga burchak qiymatini kiritish kerak:
Perspektiva yuzasining chegara va to‘r chiziqlari yuzaning joriy holatiga ko‘ra
rangini o‘zgartiradi. Agar yuzaning holati yaroqsiz bo‘lsa uning burchak nuqtasini
siljitib holatni o‘zgartirib olish kerak. Perspektiva yuzasining holatini bildiruvchi
quyidagi ranglari mavjud:
Moviy
yuzani yaroqliligini bildiradi.
Qizil
yaroqsiz yuzani bildiradi.
Vanishing Point
uskunasi yuzaning tomonlari
nisbatini aniqlay olmadi.
Sariq
yaroqsiz yuzani bildiradi. Perspektiva yuzasining ba’zi
nuqtalari aniq
emas.
Odatda
Vanishing Point
dialog oynasidagi perspektiva yuzasining to‘r
chiziqlari Photoshop dasturida aks ettirilmaydi. Perspektiva yuzasining to‘r
chiziqlarini
Vanishing Point
dialog oynasidan chiqib ketganda ham aks ettirish
uchun
Vanishing Point
dialog oynasining menyusidan
Render Grids To Photoshop
buyruq qatorini tanlash kerak.
Vanishing Point dialog
oynasida belgilash uskunasi
tasvirning ma’lum
maydoniga perspektiva yuzasi yordamida belgilangan perspektivaga amal qilgan
holda chizish yoki bo‘yash imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari belgilanish
yordamida perspektivaga amal qilgan holda tasvirning ma’lum maydonlarini
klonlash yoki ko‘chirish mumkin.