|
Lasso uskunasi yordamida belgilash
|
bet | 40/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMALasso uskunasi yordamida belgilash
L asso uskunasi Hi erkin belgilashni amalga oshirish uchun qoMlaniladi.
Lasso uskunasi yordamida belgilash quyidagicha amalga oshiriladi:
Uskunalar panelidan Lasso HI uskunasi tanlanadi va dastuming xususiyatlar panelidan belgilanish chegarasi aniqlik va silliqlik darajalari belgilanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi: D yangi belgilash, □ mavjud belgilanishga qo‘shish, В mavjud belgilanishdan ayirish, © mavjud belgilanish bilan umumiysini olish;
Sichqon tugmasini bosib turgan holda belgilanadigan maydon chegarasi chizib chiqiladi;
Belgilanish maydoni chegarasini yopish uchun sichqon tugmasi qo‘yib yuboriladi.
u
Polygonal Lasso b amalga oshirish mumkin.
skunasi yordamida tekkis chegarali belgilanishlami
Polygonal Lasso uskunasi yordamida belgilanishlami quyidagicha bajarish mumkin:
Uskunalar panelidan Polygonal Lasso Ё2Я uskunasi tanlanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi: D yangi belgilash, □ mavjud belgilanishga qo‘shish, Q mavjud belgilanishdan ayirish, El mavjud belgilanish bilan umumiysini olish;
Dasturning xususiyatlar panelidan belgilanish chegarasi aniqlik va silliqlik darajasi belgilanadi;
Sichqon tugmasini bosib belgilanish chegarasining boshi belgilanadi, belgilanish chegarasining navbatdagi nuqtasida sichqon ko‘rsatkichini bosib belgilanish davom ettiriladi. Oxirgi chizilgan chegara chizig‘ini o‘chirish uchun klaviaturaning Delete tugmasi bosiladi;
Belgilanish maydoni chegarasini yopish uchun Polygonal Lasso uskunasi ko‘rsatkichini belgilanish chegarasi boshiga qo‘yib sichqon tugmasi bosish, uskuna ko‘rsatkichi belgilanish chegarasi boshi ustida bo‘lmasa sichqon tugmasini ikki marta bosish yoki klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bir marta bosish kerak.
Magnetic Lasso Esfl uskunasi kompleks chegaraga ega va chegarasi yuqori kontrastli fondagi obyektlarni tez belgilash imkoniyatiga ega. Magnetic Lasso uskunasini qo‘llanilganda belgilanish chegarasi avtomatik ravishda obyekt chegarasiga yopishib qoladi.
Magnetic Lasso uskunasi yordamida belgilanishlarni quyidagicha bajarish mumkin:
Uskunalar panelidan Magnetic Lasso Esfl uskunasi tanlanadi va dastuming xususiyatlar panelidan belgilanish chegarasi aniqlik va silliqlik darajalari belgilanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi: D yangi belgilash, Q mavjud belgilanishga qo‘shish, Q mavjud belgilanishdan ayirish, ICH mavjud belgilanish bilan umumiysini olish;
Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi elementlarning qiymati belgilanadi:
Width - belgilanish chegarasini aniqlash masofasini belgilaydi. Magnetic Lasso uskunasi obyekt chegarasini uskuna ko‘rsatkichidan belgilangan masofada aniqlaydi;
Contrast - Magnetic Lasso uskunasining tasvir chegarasini aniqlash sezgirlik darajasini belgilaydi;
Frequency - Magnetic Lasso uskunasi belgilash nuqtalarini qo‘yish oralig‘ini belgilaydi;
Sichqon tugmasini bosib belgilanish chegarasining boshi belgilanadi;
Sichqon tugmasini qo‘yib yuborib yoki bosib turgan holda Magnetic Lasso uskunasi ko‘rsatkichini obyekt chegarasi bo‘ylab yurgiziladi;
Belgilash davomida boshqa Lasso uskunalariga vaqtincha o‘tish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Lasso uskunasini faollashtirish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosib obyekt chegarasi bo‘ylab yurgiziladi;
Polygonal Lasso uskunasini faollashtirish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini belgilanish chegarasi bo‘ylab bosib chiqiladi;
Belgilanish maydoni chegarasini yopish uchun sichqon tugmasini ikki marta bosish, klaviaturaning Enter tugmasini bosish yoki uskuna ko‘rsatkichini belgilanish chegarasi boshiga qo‘yib sichqon tugmasi bosish kerak.
|
| |