|
Rashid turgunbaev
|
bet | 42/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMATolerance - belgilanadigan piksellarning ranglar oralig‘ini belgilaydi. Past qiymati tanlangan pikselning rangiga yaqin ranglarni belgilaydi, yuqori qiymat ranglarning kengroq oralig‘ini tanlaydi;
Anti-aliased - chegaralari silliqroq belgilashlarni yaratadi;
Contiguous - faqatgina chegaradosh maydonlarni belgilaydi;
Sample All Layers - barcha aks ettirilgan qavat ma’lumotlaridan foydalanib rang tanlaydi;
Tasvirda belgilanish kerak bo‘lgan rang tanlanadi.
Belgilanishni boshqarish
Photoshop dasturida belgilanishlami siljitish, belgilanish chegarasini yashirish va belgilanishni akslantirish mumkin.
Mavjud belgilanishni siljitish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dastuming xususiyatlar panelidan yangi belgilash D tugmasini bosib sichqon ko‘rsatkichini belgilanish ichiga qo‘yiladi. Sichqon ko‘rsatkichi ^ ko‘rinishga o‘zgaradi.
Sichqon tugmasini bosib turgan holda belgilanishni yangi joyga siljitish mumkin.
Belgilanish chegarasini aks ettirilishini quyidagilardan biri orqali boshqarish mumkin:
dastuming View menyusidan Extras buyruq qatorini tanlash kerak. Ushbu buyruq belgilanish chegaralari, yo‘naltirish kataklari, yo‘naltirgichlar, yo‘llar, bo‘laklar, izohlar va qavat chegaralarining aks ettirilishini boshqaradi;
dastuming View menyusi Show bo‘limidan Selection Edges buyruq qatorini tanlash kerak.
Mavjud belgilanishni akslantirish uchun dastuming Select menyusidan Inverse buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada tasvirning joriy belgilangan maydonidan tashqari qolgan barcha joyi belgilanadi:
Joriy belgilanishni ma’lum bir pikselga kengaytirish yoki qisqartirish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish:
2. Dastummg Select menyusi Modify bo‘limidan Expand yoki Contract buyruq qatorlari tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Dialog oynasida kengaytirish yoki qisqartirish qiymati kiritiladi va OK tugmasi bosiladi. Belgilanish tanlangan buyruqqa ko‘ra o‘zgaradi:
Photoshop dasturida belgilanish atrofida belgilanish hosil qilish imkoniyati mavjud. Bunday belgilanishlar tasvirdagi obyektni emas, balki uning atrofidagi ma’lum o‘lchamdagi lenta ko‘rinishdagi maydonni belgilashda qo‘llaniladi. Lenta ko‘rinishda belgilanishni hosil qilish uchun quyidagilar bajariladi:
Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish:
Dasturning Select menyusi Modify bo‘limidan Border buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Border Selection
|
|
X
|
Width: 40
|
pixels
|
C ™ )
|
|
|
Cancel
|
Dialog oynasida belgilanish lentasi kengligi qiymati kiritiladi va OK tugmasi bosiladi. Natijada belgilanish lentasi hosil bo‘ladi:
Belgilangan piksellarni ko‘chirish, nusxasini olish va o‘chirish
Tasvirning belgilangan maydonini siljitish uchun uskunalar panelidan siljitish uskunasi ЕЭ tanlanadi va belgilanish ichiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib sichqon tugmasini bosib turgan holda maydon siljitiladi:
Photoshop dasturida nusxa olish va qo‘yish quyidagi ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin:
Copy - faol qavatning belgilangan maydoni nusxasini ko‘chiradi;
Copy Merged - barcha aks ettirilgan qavatlarning belgilangan maydonining birlashtirilgan nusxasini ko‘chiradi;
Paste - nusxasi olingan maydonni tasvirning boshqa joyiga qo‘yish yoki boshqa tasvirga yangi qavat sifatida qo‘yadi;
Paste In Place - maqsad hujjatida belgilanishning manba hujjatda joylashishiga nisbatan bir xil joyga qo‘yadi;
- Paste Into yoki Paste Outside - belgilangan maydon nusxasini boshqa belgilanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yadi.
Belgilangan maydonning nusxasini olish uchun belgilanishni amalga oshirib bo‘lgandan so‘ng dasturning Edit menyusidan Copy yoki Copy Merged buyruq qatorini tanlash kerak.
Bir tanlanishni boshqa tanlanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Tasvirning kerakli maydonining nusxasi olinadi;
Biror bir belgilash uskunasi yordamida tasvirda yangi belgilanish yaratiladi;
Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish ichiga tushishi uchun dasturning Edit menyusi Paste Special bo‘limidan Paste Into buyruq qatorini tanlash kerak;
Qo‘yiladigan maydon yangi belgilanish tashqarisiga tushishi uchun dasturning Edit menyusi Paste Special bo‘limidan Paste Outside buyruq qatorini tanlash kerak.
Paste Into va Paste Outside buyruqlari tasvirga qavat va qavat maskasini qo‘shib beradi.
Tasvirning belgilangan maydonini o‘chirish uchun dasturning Edit menyusidan Clear buyruq qatorini yoki klaviaturaning Backspace yoki Delete tugmasini bosish kerak. Orqa fon qavatida belgilangan maydon o‘chirilganda maydon rangi joriy tanlangan orqa fon rangiga o‘zgaradi. Oddiy qavatda belgilangan maydon o‘chirilganda maydon rangi shaffof ko‘rinishga o‘zgaradi.
|
| |